O‘zbekiston Qozog‘iston bilan yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

© Torgovo-promishlennaya palata Uzbekistana Flagi Uzbekistana i Kazaxstana
Flagi Uzbekistana i Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Tomonlar jahonda iqtisodiy raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari Elite Line-2022 xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi uchrashuvda qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” gazetasi xabar berdi.
Suhbat chog‘ida ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida o‘z uyushmalari ko‘magida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston tomoni taklif etgan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayoni ham qayd etildi. Tomonlar jahonda iqtisodiy raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan UzCharmExpo-2022 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida B2B formatidagi uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston assotsiatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0