Nima uchun sanksiyalarga qaramasdan Rossiyada mehnat muhojirlari soni ko‘paymoqda?

© Sputnik / Pavel LisisinRabochie na stroitelnoy ploshadke Sentralnogo stadiona v Yekaterinburge.
Rabochie na stroitelnoy ploshadke Sentralnogo stadiona v Yekaterinburge. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyadan xorij kompaniyalarining ommaviy ravishda chiqib ketishi haqidagi salbiy prognozlarga qaramay, mamlakatda mehnat muhojirlari soni keskin oshdi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. 2022 yilning ikkinchi choragida Rossiyaga ishlash uchun kelgan xorijliklar soni 3,12 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi e’lon qilgan ma’lumotlarda keltirilgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan uch barobarga ko‘pdir. E’tiborli jihati, Rossiyaga ishlash maqsadida borgan migrantlarning eng ko‘pi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelmoqda (1,54 million kishi yoki 49,6 foiz).
Nima uchun mehnat muhojirlarining Rossiyada ishlashga bo‘lgan qiziqishi sanksiyalar sharoitida ham ortib borapti. Bu haqda batafsil Sputnik sharhida o‘qishingiz mumkin.

Barqarorlik ramzi

O‘zbekistonlik ishchi kuchlarining Yevropa, Yaponiya va Koreya yo‘nalishlariga diversifikatsiyasiga ko‘p e’tibor berilayotganiga qaramay, Rossiya O‘zbekistondan kelgan muhojirlar uchun eng jozibador mamlakat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Bunday tanlovning sabablari esa aniq, - deydi “Ma’no” ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev.
“Rossiya iqtisodi sanksiyalar bosimiga bardosh bermoqda, u qulagani yo‘q, aksincha, barqarorlikni ko‘rsatmoqda. Mehnat muhojirlari buni tushunib, ishchi kuchiga talab borligini ko‘rishmoqda”, - deya tushuntiradi u.
Rossiyada import o‘rnini bosish dasturi doirasida paydo bo‘layotgan yangi korxonalar sabab ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj oshapti.
Masalan, 9-avgust kuni Rossiya Federatsiyasida gidroksid batareyalari ishlab chiqaradigan birinchi zavod ochilishi ma’lum bo‘ldi. Avvalroq, Leningrad viloyati ma’muriyati asfalt uchun import o‘rnini bosuvchi qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etilishini e’lon qilgan edi.
Shu bilan birga, Stavropol o‘lkasi oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi. Moskva viloyatida tish implantlari ishlab chiqarila boshlaydi.
Biz faqat avgust oyining boshidan boshlab e’lon qilingan loyihalar haqida gapirapmiz. Joriy yilning fevral oyidan iyul oyigacha bo‘lgan davrni hisobga oladigan bo‘lsak, investitsiya loyihalari ancha ko‘p.

“Rossiya iqtisodiyoti ishchilarga muhtoj, yangi bo‘shliqlar paydo bo‘lmoqda, ularni o‘zbek mehnat muhojirlari to‘ldirapti”, - deydi Ergashev.

Ko‘proq pul bor

Mehnat muhojirlarining Rossiyada ishlashga bo‘lgan qiziqishining yana bir ijobiy omili rublning mustahkamlanishidir, deb hisoblaydi Baxtiyor Ergashev.
“Rublning mustahkamlanishi muhojirlarning ish haqini sezilarli darajada oshirishini aytadigan ekspertlarning fikriga qo‘shilaman – uni boshqa valyutaga aylantirish foydaliroq, ular bundan naf ko‘radi”, - dedi ekspert.
O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning dastlabki to‘rt oyida xalqaro transchegaraviy o‘tkazmalar hajmi 2,5 milliard dollarga oshdi.
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan jo‘natilgan pullar O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining qariyb 6 foizini tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0