https://oz.sputniknews.uz/20220810/faxriy-donorlarga-bir-qator-huquqlar-berilmoqda--prezident-qarori-26987878.html
Faxriy donorlarga bir qator huquqlar berilmoqda – prezident qarori
Faxriy donorlarga bir qator huquqlar berilmoqda – prezident qarori
Sputnik O‘zbekiston
Doimiy donorlar va ularning yaqin qarindoshlari statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi. 10.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-10T11:05+0500
2022-08-10T11:05+0500
2022-08-10T11:05+0500
jamiyat
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/02/15919894_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_78de2d60879a7541a0ad6a6c37a89fe7.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda aholi orasida beg‘araz donorlik harakati rivojlantiriladi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.Aytilishicha, prezident tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab faxriy donorlar uchun bir qator imtiyozlar beriladi.Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha oshiriladi.Faxriy donorlarga quyidagi huquqlar beriladi:Doimiy (yiliga kamida 3-marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi.Donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning qiymati respublika bo‘yicha bir xil – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 foizi miqdorida belgilanadi.Shuningdek, immun donorlarga o‘tkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to‘lash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi.Qolaversa, shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.Ishlab chiqariladigan qon hajmi oshiriladi2026 yil 1-yanvarga qadar yillik donatsiyalar soni 350 mingtaga, har ming aholiga donatsiyalar ko‘rsatkichi 10 taga, qon tayyorlashda mobil sayyor guruhlar ulushi 50 foizga yetkaziladi.2024 yil 1-yanvarga qadar qon bilan ishlash xizmati muassasalarida donorlar qonida gemotransmissiv infeksiyalar mavjudligini ikki bosqichda tekshirish (IFA/PZR) amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.2022–2024 yillar davomida qon bilan ishlash xizmati muassasalari maxsus texnikalar va ko‘chma donorlik kompleksi bilan jihozlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/02/15919894_31:0:2762:2048_1920x0_80_0_0_86b96ed650cf848b606eaef073b0bd28.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror
Faxriy donorlarga bir qator huquqlar berilmoqda – prezident qarori
Doimiy donorlar va ularning yaqin qarindoshlari statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda aholi orasida beg‘araz donorlik harakati rivojlantiriladi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, prezident tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab faxriy donorlar uchun bir qator imtiyozlar beriladi.
Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo‘la beriladigan pul mukofoti summasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha oshiriladi.
Faxriy donorlarga quyidagi huquqlar beriladi:
ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqish;
shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;
davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish.
Doimiy (yiliga kamida 3-marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari statsionar davolanish jarayonida, zarurat tug‘ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta’minlanadi.
Donorlarni bepul ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning qiymati respublika bo‘yicha bir xil – mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 foizi miqdorida belgilanadi.
Shuningdek, immun donorlarga o‘tkazilgan immunizatsiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to‘lash miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksatsiya qilib boriladi.
Qolaversa, shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ishlab chiqariladigan qon hajmi oshiriladi
2026 yil 1-yanvarga qadar yillik donatsiyalar soni 350 mingtaga, har ming aholiga donatsiyalar ko‘rsatkichi 10 taga, qon tayyorlashda mobil sayyor guruhlar ulushi 50 foizga yetkaziladi.
Qon bilan ishlash xizmati muassasalari tomonidan bir yilda ishlab chiqariladigan qon hajmi 150 ming litrga;
Eritrotsitlar massasi – 75 ming litrga;
Plazma hajmi – 60 ming litrga;
Albumin hajmi – 1 000 litrga;
Immunoglobulin hajmi – 2 ming dozaga yetkaziladi.
2024 yil 1-yanvarga qadar qon bilan ishlash xizmati muassasalarida donorlar qonida gemotransmissiv infeksiyalar mavjudligini ikki bosqichda tekshirish (IFA/PZR) amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2022–2024 yillar davomida qon bilan ishlash xizmati muassasalari maxsus texnikalar va ko‘chma donorlik kompleksi bilan jihozlanadi.