https://oz.sputniknews.uz/20220810/davlat-xizmatida-ishlovchi-yoshlar-soni-61-ga-oshdi-27004174.html
Davlat xizmatida ishlovchi yoshlar soni 61 %ga oshdi
Davlat xizmatida ishlovchi yoshlar soni 61 %ga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirda davlat xizmatida ishlayotgan yosh xodimlarning o‘rtacha yoshi 22–25ga to‘g‘ri kelmoqda. 10.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-10T15:15+0500
2022-08-10T15:15+0500
2022-08-10T15:15+0500
jamiyat
yoshlar
davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/08/19153775_0:466:2049:1618_1920x0_80_0_0_96453b5b586341e549dd6a855a24f7b2.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 5-yil ichida yoshlarning davlat xizmatida ishlashi 37 foizdan 61 foizgacha oshdi. Bu haqida AOKAda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, mamlakatda davlat tashkilotlarida ishlash uchun talabgorlar 50 barobarga ortdi.Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanovning so‘zlariga ko‘ra, bundan keyin davlat xizmatiga ochiq va oshkora tanlov asosida kreativ, zamonaviy fikrlaydigan, professional kadrlar ishga olinadi.Qayd etilishicha, bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligida ishlayotgan xodimlarning eng ko‘pini yoshlar tashkil qilmoqda. U yerda 9 ming 348 nafar davlat xizmatchisi o‘z faoliyatini olib bormoqda.Hozirda davlat xizmatida ishlayotgan yosh xodimlarning o‘rtacha yoshi 22–25ga to‘g‘ri keladi. Hokim yordamchilari ichida ham yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi. Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik hizmatini o‘tash tartibi, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi belgilandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/08/19153775_0:274:2049:1810_1920x0_80_0_0_0f5c891af0ba333fc7344b36ee55c1bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yoshlar, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
jamiyat, yoshlar, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Davlat xizmatida ishlovchi yoshlar soni 61 %ga oshdi
Hozirda davlat xizmatida ishlayotgan yosh xodimlarning o‘rtacha yoshi 22–25ga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 5-yil ichida yoshlarning davlat xizmatida ishlashi 37 foizdan 61 foizgacha oshdi. Bu haqida AOKAda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanda ma’lum
qilindi. Qayd etilishicha, mamlakatda davlat tashkilotlarida ishlash uchun talabgorlar 50 barobarga ortdi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanovning so‘zlariga ko‘ra, bundan keyin davlat xizmatiga ochiq va oshkora tanlov asosida kreativ, zamonaviy fikrlaydigan, professional kadrlar ishga olinadi.
“Avvallari bitta vakant joy bir kishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda vakatnt lavozimlarga institutni bitirgan 50 nafar yoshlar hujjat topishirmoqda. Davlat xizmatiga professional kadrlar kerak. Biz ham endi kadrlarni saralab olamiz”, deydi Otabek Hasanov.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligida ishlayotgan xodimlarning eng ko‘pini yoshlar tashkil qilmoqda. U yerda 9 ming 348 nafar davlat xizmatchisi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Hozirda davlat xizmatida ishlayotgan yosh xodimlarning o‘rtacha yoshi 22–25ga to‘g‘ri keladi. Hokim yordamchilari ichida ham yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunni imzolagandi. Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik hizmatini o‘tash tartibi, ushbu sohadagi davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi
belgilandi.