Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqdi

© pexels.ciom/Vladimir ShipitsinGorashee zdanie
Gorashee zdanie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Muqimiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 4 qavatli binoning taxminan 900 kv.m. maydoni yonib zararlangan.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in haqidagi xabar shahar FVBga soat 12:24 da kelib tushgan. 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:30 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:43 da qurshab olingan. Soat 12:50 da esa bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida binoning tomi ichki qoplapmasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kv.m. maydoni yonib zararlangan.
Vazirlik yong‘in oqibatida jarohat olgan yoki halok bo‘lganlar yo‘qligini ta’kidlagan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0