Rossiya TIV AQShni o‘z yadro qurolini uchinchi mamlakatlardan qaytarishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey KudenkoZdanie Ministerstva inostrannix del RF
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2022
Obuna bo‘lish
Igor Vishneveskiy AQShning boshqa davlatlardagi yadro quroli o‘z hududiga olib chiqib ketilishi shartligini ta’kidladi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. AQSh yadro qurolini uchinchi mamlakatlardan olib chiqishi zarur. Bu haqda Rossiya TIV Qurollanish ustidagi nazorat masalalari bo‘yicha departamenti direktori o‘rinbosari Igor Vishneveskiy ma’lum qildi.
“AQShning yadro quroli milliy hududga olib chiqib ketilishi shart”, - dedi Vishneveskiy BMTdagi Yadro qurolinini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga bag‘ishlangan anjumanda. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U NATO ochiqchasiga o‘zini yadro alyans deb atayotgani, AQSh yadro quroli esa yadro quroligi ega bo‘lmagan mamlakatlar hududida borligini ta’kidladi. Bu mamlakatlar yadro qurolini qo‘llashni mashq qilishmoqda.
Vishneveskiyning so‘zlarga ko‘ra, bu omil xavfsizlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi va yadro mojarosi xavfini oshiradi hamda qurolsizlanish uchun to‘siq bo‘ladi.
Rossiya TIV vakili AQSh, Buyuk Britaniya va Avstraliyaning AUKUS hamkorligi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yangi qurollanish poygasiga zamin yaratishini qo‘shimcha qildi.

Mavzuga oid:

Yadro urushida g‘olib bo‘lishi mumkin emas – Putin
Vaziyat Sovuq urush davridagidan ancha yomonroq – Medvedev
Medvedev NATO va Rossiyaning ehtimoliy mojarosi yadro urushiga aylanib ketishidan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0