https://oz.sputniknews.uz/20220808/shht-azolari-ozbekistondagi-islohotlarni-ijobiy-baholadi-26922504.html
ShHT a’zolari O‘zbekistondagi islohotlarni ijobiy baholadi
ShHT a’zolari O‘zbekistondagi islohotlarni ijobiy baholadi
Sputnik O‘zbekiston
ShHT Bosh kotibi Chjan Min O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni, "Yangi O‘zbekiston" barpo etish yo‘lidagi izchil qadamlarni yuksak baholadi. 08.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-08T11:13+0500
2022-08-08T11:13+0500
2022-09-13T11:06+0500
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
pekin
konstitutsiya
islohotlar
shht-2022: samarqand sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26922350_64:0:836:434_1920x0_80_0_0_d093cb272a46499729caca0b3e73d423.png
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining Pekindagi bosh qarorgohida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zi davlatlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni muhokama qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Forum ochilishida ShHT Bosh kotibi Chjan Min O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni, "Yangi O‘zbekiston" barpo etish yo‘lidagi izchil qadamlarni yuksak baholadi.Qayd etilishicha, davra suhbatida ShHT Kotibiyati rahbariyati, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mas’ullari, ShHTga a’zo davlatlar elchilari va diplomatlari, Xitoy ekspert-tahlil doiralari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.O‘zbekiston nomidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov va "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori Eldor Tulyakov onlayn tarzda so‘zga chiqqan.Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26922350_160:0:739:434_1920x0_80_0_0_400f82b0adcd328cd8c82f26cc4a6217.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), pekin, konstitutsiya, islohotlar
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), pekin, konstitutsiya, islohotlar
ShHT a’zolari O‘zbekistondagi islohotlarni ijobiy baholadi
11:13 08.08.2022 (yangilandi: 11:06 13.09.2022) ShHT Bosh kotibi Chjan Min O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni, "Yangi O‘zbekiston" barpo etish yo‘lidagi izchil qadamlarni yuksak baholadi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining Pekindagi bosh qarorgohida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zi davlatlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni muhokama qildi. Bu haqda
“Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Forum ochilishida ShHT Bosh kotibi Chjan Min O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni, "Yangi O‘zbekiston" barpo etish yo‘lidagi izchil qadamlarni yuksak baholadi.
“Bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining muhim bosqichini amalga oshirmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida respublikada keng ko‘lamli islohotlar dasturi davom etmoqda. O‘zbekistonga tashriflarim chog‘ida mamlakatdagi ulkan o‘zgarishlarning guvohi bo‘ldim”, - deydi u.
Qayd etilishicha, davra suhbatida ShHT Kotibiyati rahbariyati, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mas’ullari, ShHTga a’zo davlatlar elchilari va diplomatlari, Xitoy ekspert-tahlil doiralari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.
O‘zbekiston nomidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik Akmal Saidov va "Taraqqiyot strategiyasi" markazi direktori Eldor Tulyakov onlayn tarzda so‘zga chiqqan.
Bundan tashqari, davra suhbatida ShHTga a’zo davlatlarning elchilari so‘zga chiqqan va ular ham O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini, Toshkentning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faol harakatlarini yuqori baholagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston ShHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.