Rossiyalik sayyohlar Shahrisabz hunarmandlari mahsulotlarini yuqori baholashmoqda

Obuna bo‘lish
Shahrisabz hunarmandchilik klassterida asosan milliy zardo‘zlik, kasanachilik va kashtachilik mahsulotlari yaratiladi.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan Qashqadaryoda o‘tkaziladigan “Yoshlar turizmi” qurultoyiga kelgan OAV vakillari Shahrisabz hunarmandchilik klassteri bilan tanishishdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
OAV vakillari uchun Shahrisabz hunarmandchilik klassteri shahardagi tarixiy Amir Temur xiyobonida tashkil etildi. Mazkur klasterda asosan milliy zardo‘zlik, kasanachilik va kashtachilik mahsulotlari yaratiladi.
© Sputnik
Shahrisabz hunarmandchilik klassteri - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Sputnik
Shahrisabz hunarmandchilik klassteri - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Sputnik
Shahrisabz hunarmandchilik klassteri - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Sputnik
Uzbekskie platya  - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Sputnik
Uzbekskie tubeteyki  - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Sputnik
Shahrisabz hunarmandchilik klassteri - Sputnik O‘zbekiston
6/6
“Biz asosan “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirganlarni ish bilan ta’minlaymiz. Ishchi o‘rni 120 taga mo‘ljallangan. Rossiya, Tojikiston, Qirgiziston, hatto Yevropadan sayyohlar kelib mahsulotlarimizdan xarid qilishadi”, - deydi Shahrisabz tumani Hunarmandchilik klasteri rahbari Gulnora Choriyeva.
Klasterda milliy liboslar, erkaklar va ayollar qalpoqlari, do‘ppilar, yostiq, joynamozlar, kulolchilik mahsulotlari tayyorlanadi. Sayyohlar ularning asosiy xaridorlari sanaladi.
“Bu yili Rossiyadan ko‘plab sayyohlar kelishdi. Milliy liboslarimizni nozik did bilan baholashadi. Tikuvchi va hunarmandlarimizga buyurtmalar berishadi. Biz ulardagi taassurotlarni ko‘rib yana ham to‘lqinlanib ishlaymiz”, - deydi Choriyeva.
Oilaviy “Shahri Kesh” firmasi rahbari Zulayho Mamadiyevaning so‘zlariga ko‘ra, milliy kashtachilik millat urf-odatlarini ko‘rsatish bilan birga, hunarmand yoshlarni ish bilan ta’minlash imkonini beradi. U qirq nafarga yaqin yosh talabalarni ish bilan ta’minlagan. “Ustoz-shogird” an’anasi asosida yoshlarga hunar o‘rgatmoqda.
Ma’lumot uchun, “Yoshlar turizmi” qurultoyi 8-12 avgust kunlari Shahrizsabz shahrining “Lochin” lagerida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0