https://oz.sputniknews.uz/20220808/rossiyaga-kelayotgan-ozbekistonlik-migrantlar-soni-keskin-oshdi-26926112.html
Rossiyaga kelayotgan o‘zbekistonlik migrantlar soni keskin oshdi
Rossiyaga kelayotgan o‘zbekistonlik migrantlar soni keskin oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Aprel, may va iyun oylarida Rossiyaga rekord darajada (3,12 mln kishi) migrant keldi. Ularning qariyb 50 foizi O‘zbekistondan. 08.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-08T12:48+0500
2022-08-08T12:48+0500
2023-04-05T18:38+0500
migratsiya
migrantlar
o‘zbekiston
migratsiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0c/20868921_0:91:3313:1955_1920x0_80_0_0_3e78666690833634468d2af4e3502657.jpg
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Joriy yilning ikkinchi choragida Rossiyaga kelgan migrantlar soni 3,12 million kishini tashkil etdi va bu 2017-yildan buyon rekord darajadagi ko‘rsatkich. Bu ma’lumotlarni FinExpertiza auditor-konsalting tarmog‘ining tahlil xizmati Rossiya IIV migratsiya statistikasiga asoslangan holda keltirmoqda.Rossiyaga eng ko‘p migrant O‘zbekiston (1,54 million kishi yoki 49,6 foiz) va Tojikistondan (953 ming kishi yoki 30,5 foiz) kelmoqda. Keyingi o‘rinlarda Armaniston (108,2 ming kishi), Ozarbayjon (79 ming kishi), Belarus (42,4 ming kishi) va boshqa davlat fuqarolari.FinExpertiza prezidenti Yelena Trubnikovaning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar soni o‘sishiga rublning mustahkamlanishi sabab bo‘lgan. Buning natijasida Rossiya bozori xorijliklar uchun yanada jozibador bo‘lgan.Ma’lumotlarda keltirishicha, Rossiyaga kelayotgan migrantlar asosan Moskva (841,9 ming), Moskva viloyati (399,5 ming) va Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida (385,7 ming) qolishni afzal bilishmoqda.Mavzuga oid:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0c/20868921_292:0:3021:2047_1920x0_80_0_0_3fe09cb0ddab60bb6b57aeabdc46e802.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
migratsiya, migrantlar, o‘zbekiston, migratsiya, rossiya
migratsiya, migrantlar, o‘zbekiston, migratsiya, rossiya
Rossiyaga kelayotgan o‘zbekistonlik migrantlar soni keskin oshdi
12:48 08.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Aprel, may va iyun oylarida Rossiyaga rekord darajada (3,12 mln kishi) migrant keldi. Ularning qariyb 50 foizi O‘zbekistondan.
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Joriy yilning ikkinchi choragida Rossiyaga kelgan migrantlar soni 3,12 million kishini tashkil etdi va bu 2017-yildan buyon rekord darajadagi ko‘rsatkich. Bu ma’lumotlarni
FinExpertiza auditor-konsalting tarmog‘ining tahlil xizmati
Rossiya IIV migratsiya statistikasiga asoslangan holda keltirmoqda.
“2022 yilning ikkinchi choragida 4,16 million xorijlik turar joyi bo‘yicha migratsiya ro‘yxatidan o‘tdi, shu bilan birga 3,12 million kishi (75 foiz) kelish maqsadi sifatida ishni ko‘rsatgan. Bu 2017-yildan buyon chorak ahamiyatidagi rekord daraja”, - deyilgan xabarda.
Rossiyaga eng ko‘p migrant O‘zbekiston (1,54 million kishi yoki 49,6 foiz) va Tojikistondan (953 ming kishi yoki 30,5 foiz) kelmoqda. Keyingi o‘rinlarda Armaniston (108,2 ming kishi), Ozarbayjon (79 ming kishi), Belarus (42,4 ming kishi) va boshqa davlat fuqarolari.
FinExpertiza prezidenti Yelena Trubnikovaning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar soni o‘sishiga rublning mustahkamlanishi sabab bo‘lgan. Buning natijasida Rossiya bozori xorijliklar uchun yanada jozibador bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ikkinchi chorakda, ayniqsa O‘zbekistondan bo‘lgan migrantlar oqimi sezilarli (416,2 ming kishiga yoki 36,9 foizga) ko‘paygan.
Ma’lumotlarda keltirishicha, Rossiyaga kelayotgan migrantlar asosan Moskva (841,9 ming), Moskva viloyati (399,5 ming) va Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida (385,7 ming) qolishni afzal bilishmoqda.