Polsha Ukrainada "uzoqni ko‘zlagan rejalarni" amalga oshirmoqda - Rossiya razvedkasi

© Foto : The Embassy of Ukraine in the Republic of PolandZdanie posolstva Ukraini v Polshe
Zdanie posolstva Ukraini v Polshe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.08.2022
Obuna bo‘lish
Polyaklar Ukraina dehqonlarning yangi hosilini tannarxdan 5 barobar arzon sotib olib ularning bankrot bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda.
TOShKENT, 8 avg - Sputnik. Polsha Ukraina qishloq xo‘jaligini o‘zlashtirish bo‘yicha uzoqni ko‘zlagan rejalarni amalga oshirmoqda. Bu haqida Rossiya Tashqi Razvedka xizmatiga asosan RIA Novosti xabar qilmoqda.
Ushbu rejalar nafaqat "Polsha tinchlikparvar kuchlari"ni Ukraina hududida joylashtirish imkoniyati, balki Ukraina iqtisodining istiqbolli sektorlar ustidan Polsha nazoratini o‘rnatishni ham nazarda tutadi. Bunday sohalar ichida birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi, deyilgan SVR ma’lumotida.
Polsha kompaniyalari, bugungi Ukraina dehqonlarining og‘ir ahvolidan, shu jumladan yig‘ib olingan hosilni saqlash joylari yo‘qligidan foydalangan holda, ularning mahsulotlarini arzon-garov narxlarda sotib olib, ba’zi hollarda Ukraina korxonalarini bankrot bo‘lishiga olib kelmoqda va shundan so‘ng ularga tegishli aktivlar va hosildor yerlarini sotib olish rejalashtirilgan.
Masalan polyaklar yangi hosil arpasini tonnasiga 30 dollardan sotib olmoqda, bu esa real tannarxdan deyarli 5 barobar arzon.
Bir vaqtning o‘zida Polsha Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini Yevropa va narxlar ancha yuqori bo‘lgan boshqa bozorlarga muammosiz eksport qilish uchun transport infratuzilmasi va boshqa logistika vositalarini yaratishga sarmoya kiritmoqda, deya xabar beradi Rossiya razvedkasi.
Ushbu rejalarni amalga oshirishga Ukrainaning yangi qonunlari - Polsha fuqarolari uchun maxsus kafolatlar to‘g‘risidagi qonun Ukraina Radasi orqali tasdiqlangan. Shuningdek yana bir qonun Polsha fuqarolariga Ukraina korxonalarini 50% chegirma bilan sotish va xususiylashtirish imkonini beradi, deydi SVR.
Yangiliklar lentasi
0