https://oz.sputniknews.uz/20220806/iqtisodchi-kelajakda-valyuta-urushlarini-bashorat-qildi-26893228.html
Iqtisodchi kelajakda valyuta urushlarini bashorat qildi
Iqtisodchi kelajakda valyuta urushlarini bashorat qildi
Sputnik O‘zbekiston
Valyuta urushlari yoki mamlakat regulyatori tomonidan iqtisodiyot uchun imtiyozlar olish maqsadida milliy valyuta kursini ataylab pasaytirish kelajakda odatiy holga aylanadi.
2022-08-06T14:49+0500
2022-08-06T14:49+0500
2022-08-06T14:49+0500
iqtisod
dollar
iqtisodiy urush
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22389091_0:89:965:632_1920x0_80_0_0_f6f721679eb77c211b76b248fa2793b4.jpg
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Valyuta urushlari yoki mamlakat regulyatori tomonidan iqtisodiyot uchun imtiyozlar olish maqsadida milliy valyuta kursini ataylab pasaytirish kelajakda odatiy holga aylanadi. RIA Novosti.Ularda qaysi davlatlar ishtirok etishi va u qanday bo‘lishi haqida Davlat menejment universitetining statistika bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Nikolay Kuznetsov so‘zlab berdi.Barcha davlatlarda sanoat ishlab chiqarishining qisqarishi fonida o‘zining iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga urinishlar muqarrar ko‘rinadi. Birinchi navbatda AQShning Jo Baydendan keyingi prezidenti dollarni zaiflashtirish uchun Donald Trampga ergashishi mumkin. AQSh valyutasiga qaram bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatlari ham xuddi shunday qilishga majbur bo‘ladi, keyinchalik AQSh dollari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Gonkong dollari va arab dirhami ham pastga tushadi.Xitoy AQSh bojlariga qarshi kurashish uchun 3-yil avval yuanni devalvatsiya qilgan va yana xuddi shunday qilishi mumkin. Unga pandemiyadan keyin iqtisodiy tiklanishga muhtoj bo‘lgan mintaqadagi boshqa davlatlar – Yaponiya va Janubiy Koreya ham qo‘shiladi.Rossiyada rublning hozirgi kursi iqtisod uchun noqulay ekanligi va uni pasaytirish kerakligini aytishmoqda. Agar bu amalga oshirilsa, jumladan, yangi budjet qoidasi orqali, boshqa mintaqaviy o‘yinchilar rublga ergashadilar. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lgan Yevropa Ittifoqi inflyatsiyaga qarshi teskari jarayon – yevroning AQSh dollariga nisbatan mustahkamlanishi orqali kurashishga majbur bo‘ladi.Ko‘rinishidan qonsiz bo‘lgan valyuta urushi sezilarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. “Nazoratdan chiqib, iqtisodiyotni izdan chiqaradi, bank sektori barqarorligini buzadi, aholining qashshoqlashishiga olib keladi. Valyuta urushlariga bo‘lgan haddan tashqari berilish halokatga olib kelgan holatlarni tarix biladi", - deb xulosa qildi iqtisodchi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22389091_19:114:709:632_1920x0_80_0_0_73e86558ec7d760a0c22f848b11ad7d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisodchi kelajakda valyuta urushlar bo‘lishini bashorat qildi
iqtisodchi kelajakda valyuta urushlar bo‘lishini bashorat qildi
Iqtisodchi kelajakda valyuta urushlarini bashorat qildi
Iqtisodchi Kuznetsov: AQSh va boshqa davlatlar kelajakda o‘z valyutalarini qadrsizlantirishni boshlaydilar.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Valyuta urushlari yoki mamlakat regulyatori tomonidan iqtisodiyot uchun imtiyozlar olish maqsadida milliy valyuta kursini ataylab pasaytirish kelajakda odatiy holga aylanadi.
RIA Novosti.
Ularda qaysi davlatlar ishtirok etishi va u qanday bo‘lishi haqida Davlat menejment universitetining statistika bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Nikolay Kuznetsov so‘zlab berdi.
Barcha davlatlarda sanoat ishlab chiqarishining qisqarishi fonida o‘zining iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga urinishlar muqarrar ko‘rinadi. Birinchi navbatda AQShning Jo Baydendan keyingi prezidenti dollarni zaiflashtirish uchun Donald Trampga ergashishi mumkin. AQSh valyutasiga qaram bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatlari ham xuddi shunday qilishga majbur bo‘ladi, keyinchalik AQSh dollari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Gonkong dollari va arab dirhami ham pastga tushadi.
Xitoy AQSh bojlariga qarshi kurashish uchun 3-yil avval yuanni devalvatsiya qilgan va yana xuddi shunday qilishi mumkin. Unga pandemiyadan keyin iqtisodiy tiklanishga muhtoj bo‘lgan mintaqadagi boshqa davlatlar – Yaponiya va Janubiy Koreya ham qo‘shiladi.
Rossiyada rublning hozirgi kursi iqtisod uchun noqulay ekanligi va uni pasaytirish kerakligini aytishmoqda. Agar bu amalga oshirilsa, jumladan, yangi budjet qoidasi orqali, boshqa mintaqaviy o‘yinchilar rublga ergashadilar. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashi kerak bo‘lgan Yevropa Ittifoqi inflyatsiyaga qarshi teskari jarayon – yevroning AQSh dollariga nisbatan mustahkamlanishi orqali kurashishga majbur bo‘ladi.
Ko‘rinishidan qonsiz bo‘lgan valyuta urushi sezilarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. “Nazoratdan chiqib, iqtisodiyotni izdan chiqaradi, bank sektori barqarorligini buzadi, aholining qashshoqlashishiga olib keladi. Valyuta urushlariga bo‘lgan haddan tashqari berilish halokatga olib kelgan holatlarni tarix biladi", - deb xulosa qildi iqtisodchi.