https://oz.sputniknews.uz/20220805/xitoy-qirgiziston-ozbekiston-temir-yol-qurilishi-loyihasi-boyicha-ishlar-boshlanmoqda-26870929.html
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanmoqda
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy loyiha institutining 80 nafar mutaxassisi Qirg‘izistonga yetib keldi va “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni boshladi.
2022-08-05T19:32+0500
2022-08-05T19:32+0500
2022-08-05T19:32+0500
turizm
o‘zbekiston
xitoy
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26314662_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6c3c9470cddf389b424fdff6f67b6f7a.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Xitoy loyiha institutining 80 nafar mutaxassisi Qirg‘izistonga yetib keldi va “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni boshladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston yozmoqda.Bir kun avval Qirg‘iziston Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev Xitoy temir yo‘l qurilish korporatsiyasining Birinchi loyiha-qidiruv instituti vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar temir yo‘l qurilishida ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.Xabarga ko‘ra, Qirg‘iziston rahbariyati loyihani tezroq amalga oshirish tarafdori va imkon qadar tezroq texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda.Ma’lumot o‘rnida, temir yo‘l qurilishi bo‘yicha shartnoma sentabr oyida ShHT sammitida imzolanishi rejalashtirilgan. Magistral Xitoy temir yo‘llarini O‘zbekiston bilan bog‘lashi, keyin esa Afg‘oniston, Eron va Turkiyaga borishi kerak. Loyihaning amalga oshirilishi Markaziy Osiyoni muhim tranzit yo‘liga aylantiradi.
o‘zbekiston
xitoy
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26314662_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f81d4c776c8f3df924152b6553d21b6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“xitoy-qirg‘iziston-o‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanmoqda
“xitoy-qirg‘iziston-o‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanmoqda
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasi bo‘yicha ishlar boshlanmoqda
Magistral Xitoy temir yo‘llarini O‘zbekiston bilan bog‘lashi, keyin esa Afg‘oniston, Eron va Turkiyaga borishi kerak.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Xitoy loyiha institutining 80 nafar mutaxassisi Qirg‘izistonga yetib keldi va “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni boshladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston
yozmoqda. Bir kun avval Qirg‘iziston Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev Xitoy temir yo‘l qurilish korporatsiyasining Birinchi loyiha-qidiruv instituti vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar temir yo‘l qurilishida ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
“Temir yo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuv allaqachon mavjud”, deyiladi vazirlik xabarida.
Xabarga ko‘ra, Qirg‘iziston rahbariyati loyihani tezroq amalga oshirish tarafdori va imkon qadar tezroq texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, temir yo‘l qurilishi bo‘yicha shartnoma sentabr oyida ShHT sammitida imzolanishi rejalashtirilgan. Magistral Xitoy temir yo‘llarini O‘zbekiston bilan bog‘lashi, keyin esa Afg‘oniston, Eron va Turkiyaga borishi kerak. Loyihaning amalga oshirilishi Markaziy Osiyoni muhim tranzit yo‘liga aylantiradi.