Madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha yagona OAV platformasi yaratiladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMavzoley Gur-Emir
Mavzoley Gur-Emir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Obuna bo‘lish
Tajribali OAV vakillari va blogerlar ko‘ngilli ravishda madaniy yodgorliklarni himoya qilishda ishtirok etishadi.
TOShKENT, 5 avg - Sputnik. O‘zbekistonda madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha yagona OAV platformasi yaratiladi. Bu haqida Toshkentdagi International Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan anjumanda e’lon qilindi.
O‘zbekistonda Madaniy merosni muhofaza qilishga qaratilgan yagona OAV platformasi yaratiladi va unda mamlakatdagi tajribali va faol OAV vakillari, internet va bosma nashrlar mutaxassislari, blogerlar ko‘ngilli ravishda platformada faoliyat yuritishlari mumkin, - deyiladi xabarda.
© MinTurizmaSeminar po turizmu v otele International v Tashkente
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tashkil qilingan tadbir "Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlikni ta’minlash" nomli xalqaro konferensiya hamda "Etnoturizm va etnosport: xorij tajribasi va rivojlanish istiqbollari" mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan mutaxassislar ishtirok etishdi.
Shuningdek, YuNESKOning Qozog‘istondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Magnus Magnusson ishtirokchilarga onlayn murojaat qildi.
© MinTurizmaSeminar po turizmu v otele International v Tashkente
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2022
Seminar po turizmu v otele International v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0