https://oz.sputniknews.uz/20220805/kop-kvartirali-uylarni-boshqarish-tizimida-qanday-ozgarishlar-bor-26840965.html
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda yangi qoidalar qo‘yildi - prezident qarori
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda yangi qoidalar qo‘yildi - prezident qarori
Sputnik O‘zbekiston
Ushbu yilning 1-noyabridan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi. 05.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-05T09:57+0500
2022-08-05T09:57+0500
2022-08-05T09:58+0500
jamiyat
yangi qaror
o‘zbekiston
ko‘p kvartirali uylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/07/14920872_0:93:3313:1956_1920x0_80_0_0_6db24608a3fe2cd73d24a9566b3b8b34.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Endilikda ko‘p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish taqiqlanadi. Bu haqida prezident qabul qilgan PQ–346-sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjat bilan 1-sentabrgacha muammoli kredit qarzi bor uy-joy mulkdorlari shirkatining (JEK) boshqaruv usulini o‘zgartirish bo‘yicha umumiy yig‘ilish qarori qabul qilinsa, ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.Bunda:Shuningdek, 1-noyabrdan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.Uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi.Qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/07/14920872_290:0:3021:2048_1920x0_80_0_0_c9eaa4735a2cdb42e2abc642a69f5ad4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, o‘zbekiston, ko‘p kvartirali uylar
jamiyat, yangi qaror, o‘zbekiston, ko‘p kvartirali uylar
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda yangi qoidalar qo‘yildi - prezident qarori
09:57 05.08.2022 (yangilandi: 09:58 05.08.2022) Ushbu yilning 1-noyabridan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Endilikda ko‘p kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qo‘shimcha obyekt qurish taqiqlanadi. Bu haqida prezident qabul qilgan PQ–346-sonli qarorda nazarda
tutilgan. Hujjat bilan 1-sentabrgacha muammoli kredit qarzi bor uy-joy mulkdorlari shirkatining (JEK) boshqaruv usulini o‘zgartirish bo‘yicha umumiy yig‘ilish qarori qabul qilinsa, ular davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Muammoli bank kreditlari bor shirkatlar bankning xulosasi olingan taqdirda tugatilishi mumkin;
Tugatilgan yoki boshqarish usuli o‘zgartirilgan shirkatlar boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi tashkilotlar jalb qilinadi;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi jalb qilingan boshqaruvchi tashkilot faoliyatini, xizmatlar sifatini 6 oy monitoring qiladi va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalariga rioya qilmagan boshqaruvchi tashkilotlarga choralarni qo‘llaydi.
Shuningdek, 1-noyabrdan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.
Uylarni qurish loyiha hujjatlarida, kadastr pasportida umumiy foydalanishdagi mulk ro‘yxati aniq ko‘rsatiladi.
Qurilishi tugallangan ko‘p kvartirali uylarga ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni kamaytirish va tutash yerda qo‘shimcha obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.