https://oz.sputniknews.uz/20220804/xitoy-tayvan-atrofida-keng-kolamli-harbiy-mashqlarni-boshladi-26817130.html
Xitoy Tayvan atrofida keng ko‘lamli harbiy mashqlarni boshladi
Xitoy Tayvan atrofida keng ko‘lamli harbiy mashqlarni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy qurolli kuchlari Tayvan atrofida keng ko‘lamli o‘q otish mashqlarini boshladi. 04.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-04T11:15+0500
2022-08-04T11:15+0500
2022-08-04T11:15+0500
dunyoda
xitoy
tayvan
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/04/26817328_0:217:2871:1832_1920x0_80_0_0_167307ca6434932eb06cf5088390f0d4.jpg
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Tayvan atrofida keng ko‘lamli o‘q otish mashqlarini boshladi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.Xitoy tomoni avvalroq koordinatalari e’lon qilingan mashg‘ulotlar o‘tayotgan hududlarda kema va samolyotlarni akva hududi va havo hududiga kirmaslik to‘g‘risida ogohlantirish berdi.Nensi Pelosi seshanba kuni kechqurun Taypeyga tashrif buyurgan edi. Bu 1997-yildan buyon AQSh yuqori lavozimli amaldorining Tayvanga birinchi tashri bo‘ldi. Xitoy Tayvanni o‘z provinsiyasi deb biladi va har doim Taypey vakillari yuqori martabali xorijiy amaldorlar yoki harbiylar bilan uchrashganda - buni keskin norozilik bilan qarshi oladi. Pelosi tashrifi arafasida ham Xitoy rahbari S Szinpin AQSh prezidenti Jo Baydenga "yong‘in bilan o‘ynashgan kishi olovda yonib ketishi mumkin" deb tahdidli ogohlantirish yuborgan edi. Pelosining tashrifi Tayvan bo‘g‘ozidagi keskinlikning yangi bosqichiga turtki bo‘ldi. 4-7 avgust kunlari harbiy mashg‘ulotlar boshlanishini e’lon qilishdan tashqari, Pekin Tayvanning ikkita fondiga sanksiyalar joriy qildi, orolga tabiiy qum eksportini hamda Tayvandan sitrus mevalari va ayrim turdagi baliq mahsulotlari importini to‘xtatdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi XXR qat’iy choralar ko‘rish niyatida ekanligini ma’lum qildi va bo‘lib o‘tgan tashrifning barcha salbiy oqibatlari hali oldinda ekanligini va buning uchun Vashington va Taypey aniq javobgar bo‘lishini aytdi.
xitoy
tayvan
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/04/26817328_70:0:2801:2048_1920x0_80_0_0_14d89462abd5656000b40469656f8447.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, tayvan, aqsh
dunyoda, xitoy, tayvan, aqsh
Xitoy Tayvan atrofida keng ko‘lamli harbiy mashqlarni boshladi
Xitoy qurolli kuchlari Tayvan atrofida keng ko‘lamli o‘q otish mashqlarini boshladi.
TOShKENT, 4 avg – Sputnik. Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Tayvan atrofida keng ko‘lamli o‘q otish mashqlarini boshladi, deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.
Manevrlar AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Taypeyga tashrifiga javoban, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Moskva vaqti bilan 7:00) orol atrofidagi oltita hududda boshlandi va yakshanba kuni tushgacha davom etadi.
Xitoy tomoni avvalroq koordinatalari e’lon qilingan mashg‘ulotlar o‘tayotgan hududlarda kema va samolyotlarni akva hududi va havo hududiga kirmaslik to‘g‘risida ogohlantirish berdi.
Nensi Pelosi seshanba kuni kechqurun Taypeyga tashrif buyurgan edi. Bu 1997-yildan buyon AQSh yuqori lavozimli amaldorining Tayvanga birinchi tashri bo‘ldi.
Xitoy Tayvanni o‘z provinsiyasi deb biladi va har doim Taypey vakillari yuqori martabali xorijiy amaldorlar yoki harbiylar bilan uchrashganda - buni keskin norozilik bilan qarshi oladi.
Pelosi tashrifi arafasida ham Xitoy rahbari S Szinpin AQSh prezidenti Jo Baydenga "yong‘in bilan o‘ynashgan kishi olovda yonib ketishi mumkin" deb tahdidli ogohlantirish yuborgan edi.
Pelosining tashrifi Tayvan bo‘g‘ozidagi keskinlikning yangi bosqichiga turtki bo‘ldi. 4-7 avgust kunlari harbiy mashg‘ulotlar boshlanishini e’lon qilishdan tashqari, Pekin Tayvanning ikkita fondiga sanksiyalar joriy qildi, orolga tabiiy qum eksportini hamda Tayvandan sitrus mevalari va ayrim turdagi baliq mahsulotlari importini to‘xtatdi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi XXR qat’iy choralar ko‘rish niyatida ekanligini ma’lum qildi va bo‘lib o‘tgan tashrifning barcha salbiy oqibatlari hali oldinda ekanligini va buning uchun Vashington va Taypey aniq javobgar bo‘lishini aytdi.