Xitoy Tayvan yaqinidagi suvlarda ballistik raketalar uchirdi

© Sputnik / Aleksandr VilfKorabli v portu goroda Gaosun, arxivnoe foto
Korabli v portu goroda Gaosun, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
Tayvan: Xitoy orol yaqinidagi suvlarda bir nechta ballistik raketalarni uchirdi.
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Xitoy harbiylari Tayvan bo‘g‘ozidagi mashg‘ulotlar davomida bir nechta ballistik raketalarni uchirdi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi mahalliy mudofaa vazirligiga tayanib xabar bergan.
“Mahalliy vaqt bilan taxminan 13:56 (Toshkent vaqti bilan 10:56) da Xitoy Kommunistik partiyasi Tayvanning shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy qismidagi suvlarda bir nechta Dunfen seriyasidagi ballistik raketalarini uchirdi”, deb xabar berdi orol markaziy axborot agentligi.
Kecha, 3-avgust kuni Xitoy davlat gazetasi “Global Times” 4-7 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlarda Xitoy Qurolli kuchlari Tayvan bo‘g‘ozi orqali birinchi marta uzoq masofali jangovar artilleriyadan va DF-17 (Dunfen-17) gipertovushli raketasidan foydalanishi haqida xabar bergandi.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Taybeyga tashrifiga javob bo‘lgan manevrlar bugun, 4-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan 09:00) orol atrofidagi suv zonasidagi oltita hududda boshlandi. Ular 7-avgustgacha davom etadi.

Mavzuga oid:

Lavrov Pelosining Tayvanga tashrifi bilan AQSh nimani isbotlamoqchiligini aytdi
O‘zbekiston "yagona Xitoy" siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi – TIV
Xitoy Tayvan atrofida keng ko‘lamli harbiy mashqlarni boshladi
Xitoy nega Tayvanga hujum qilmadi?
Yangiliklar lentasi
0