Toshkent Botanika bog‘i vaqtincha yopiladi

© Foto: Mariya SilvestrukGUVD Tashkenta vozmet Botanicheskiy sad pod kontrol
GUVD Tashkenta vozmet Botanicheskiy sad pod kontrol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.08.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun 5-avgustdan 20-avgustga qadar yopiq bo‘ladi
TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Yangi o‘quv yilida OTMga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rilishi va uning o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent Botanika bog‘i o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Aytilishicha, Toshkent Botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun 5-avgustdan 20-avgustga qadar yopiq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, yangi 2022-2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 8-avgust kunidan boshlanadi.
Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.
Yangiliklar lentasi
0