https://oz.sputniknews.uz/20220803/xavfli-suyak-osmasiga-chalingan-osmirda-noyob-endoprotezlash-amaliyoti-bajarildi-26786010.html
Xavfli suyak o‘smasiga chalingan o‘smirda noyob endoprotezlash amaliyoti bajarildi
Xavfli suyak o‘smasiga chalingan o‘smirda noyob endoprotezlash amaliyoti bajarildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik va mahalliy shifokorlar hamkorligida xavfli suyak o‘smasiga chalingan bolada endoprotezlash amaliyoti o‘tkazildi. 03.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-03T12:54+0500
2022-08-03T12:54+0500
2022-08-03T12:54+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
farg‘ona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26785768_0:51:1125:684_1920x0_80_0_0_e85ce70af30d93360abb1ccb4f79a538.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor xavfli suyak o‘smasiga chalingan 14 yoshli o‘smirda noyob endoprotezlash amaliyoti bajarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 14 yoshli M.A.ga xavfli suyak o‘smasi tashxisi qo‘yilgan. Shundan so‘ng bemorning ota-onasi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat qilgan.Kecha, 2-avgust kuni ushbu markazda ilk bor rossiyalik va mahalliy shifokorlar hamkorligida mazkur bemorda o‘suvchi endoprotezlash amaliyoti o‘tkazilgan.Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur protez bemor organizmining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda individual tarzda tayyorlanadi. Qolaversa, moslama o‘smir organizmi rivojlangani sari unga uyg‘un ravishda o‘sib boradi. Natijada bola ulg‘ayganda ham unda qo‘l yoki oyoqning kaltaligi kabi nuqsonlar kuzatilmaydi.Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda dunyo aholisi orasida onkologik xastaliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichi tobora ortib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2030-yilga kelib, jahonda xavfli saraton kasalliklariga chalingan bemorlar soni 23,6 millionga yetadi.Avvalroq, O‘zbekistonga me’da saratonini davolovchi rossiyalik jarrohlar kelgani, ular ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, rossiyalik olimlar saratonga qarshi zarari kam dori o‘ylab topishgani ham aytilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26785768_74:0:1051:733_1920x0_80_0_0_21dbb8f28eeb073bbdbaf2d0e76d65bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), farg‘ona
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), farg‘ona
Xavfli suyak o‘smasiga chalingan o‘smirda noyob endoprotezlash amaliyoti bajarildi
Rossiyalik va mahalliy shifokorlar hamkorligida xavfli suyak o‘smasiga chalingan bolada endoprotezlash amaliyoti o‘tkazildi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor xavfli suyak o‘smasiga chalingan 14 yoshli o‘smirda noyob endoprotezlash amaliyoti bajarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 14 yoshli M.A.ga xavfli suyak o‘smasi tashxisi qo‘yilgan. Shundan so‘ng bemorning ota-onasi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat qilgan.
Kecha, 2-avgust kuni ushbu markazda ilk bor rossiyalik va mahalliy shifokorlar hamkorligida mazkur bemorda o‘suvchi endoprotezlash amaliyoti o‘tkazilgan.
“Bu operatsiya chap son suyagi pastki uchligi sohasining rivojlangan xavfli o‘sma kasalligida tizza-bo‘g‘inni endoprotezlash amaliyoti hisoblanadi. To‘g‘ri, shu paytga qadar yurtimizning qator tibbiyot muassasalarida shunga o‘xshash operatsiyalar o‘tkazilgan, biroq bugungi jarrohlik amaliyotining farqli tomoni, unda bemorga o‘rnatilgan endoprotez cho‘zilish xususiyatiga ega. Ya’ni, uning afzalligi operatsiyadan keyin moslamani uzaytirish imkoni mavjud”, - deydi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Tojiddin Mustafoyev.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur protez bemor organizmining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda individual tarzda tayyorlanadi. Qolaversa, moslama o‘smir organizmi rivojlangani sari unga uyg‘un ravishda o‘sib boradi. Natijada bola ulg‘ayganda ham unda qo‘l yoki oyoqning kaltaligi kabi nuqsonlar kuzatilmaydi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda dunyo aholisi orasida onkologik xastaliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichi tobora ortib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2030-yilga kelib, jahonda xavfli saraton kasalliklariga chalingan bemorlar soni 23,6 millionga yetadi.
O‘zbekistonda ham bu kasallik tashxisi qo‘yilgan bemorlar soni kam emas. Xususan, mamlakatda har yili ko‘plab insonlarda ushbu xastalik aniqlanadi. Ularning 900 nafardan ortig‘i xavfli suyak o‘sma kasalliklariga chalingan bemorlar bo‘lib, bunda bolalarning ulushi 7 foizni tashkil qiladi.
Avvalroq, O‘zbekistonga me’da saratonini davolovchi rossiyalik jarrohlar kelgani, ular ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilayotgani haqida
xabar bergan edik. Shuningdek, rossiyalik olimlar saratonga qarshi zarari kam dori o‘ylab topishgani ham
aytilgandi.