https://oz.sputniknews.uz/20220803/aqshning-rossiyaga-qarshi-yangi-sanktsiyalari-jahon-bozorlariga-zarar-etkazadi--antonov--26784608.html
AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari jahon bozorlariga zarar yetkazadi – Antonov
AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari jahon bozorlariga zarar yetkazadi – Antonov
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov AQShning Moskvaga qarshi yangi sanksiyalari jahon bozorlarini larzaga solishini aytdi. 03.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-03T12:32+0500
2022-08-03T12:32+0500
2023-04-05T18:38+0500
dunyoda
aqsh
sanksiya
iqtisodiy urush
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/07/18198566_0:0:2791:1571_1920x0_80_0_0_42fb1848552610a93546e4a204ba5a81.jpg
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari logistikadagi uzilishlardan aziyat chekayotgan jahon bozorlarini yanada larzaga keltirmoqda. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov ma’lum qildi.Kecha, 2-avgust kuni AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirib, 13 nafar jismoniy va 30 dan ortiq yuridik shaxslarni cheklovchi ro‘yxatga kiritdi.Diplomatik missiya rahbarining ta’kidlashicha, Vashingtonning bunday “g‘ayrati” “ta’minot zanjirida jiddiy uzilishlardan aziyat chekayotgan jahon bozorlarini yanada larzaga keltirmoqda”. Bu holat narxlarning yanada oshishiga va mahsulot olishda qiyinchiliklarga olib keladi.Shu bilan birga, u “raqiblar qanchalik urinmasin, Rossiyani yakkalab qo‘yish ish bermasligiga” ishontirdi.Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va Qo‘shma Shtatlar uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.Kreml bu choralarni iqtisodiy urush deb atadi. Prezident Vladimir Putin sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidladi. G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirish.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/07/18198566_0:0:2501:1876_1920x0_80_0_0_37f6a4eb08d27e78c809d9dc39ed9b31.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, sanksiya, iqtisodiy urush, rossiya
dunyoda, aqsh, sanksiya, iqtisodiy urush, rossiya
AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari jahon bozorlariga zarar yetkazadi – Antonov
12:32 03.08.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov AQShning Moskvaga qarshi yangi sanksiyalari jahon bozorlarini larzaga solishini aytdi.
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari logistikadagi uzilishlardan aziyat chekayotgan jahon bozorlarini yanada larzaga keltirmoqda. Bu haqda Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov
ma’lum qildi. Kecha, 2-avgust kuni AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kengaytirib, 13 nafar jismoniy va 30 dan ortiq yuridik shaxslarni cheklovchi ro‘yxatga kiritdi.
“Vashington tomonidan ilgari surilayotgan “sanksiya mashinasi” Rossiyani jahon bozorlaridan siqib chiqarish maqsadida mahalliy biznesga nisbatan cheklovlarni “muhrlashda” davom etmoqda. Bo‘sh o‘rinlarni adolatli raqobat orqali emas, siyqasi chiqqan shantaj orqali egallash”, dedi Antonov OAVga bergan javobida.
Diplomatik missiya rahbarining ta’kidlashicha, Vashingtonning bunday “g‘ayrati” “ta’minot zanjirida jiddiy uzilishlardan aziyat chekayotgan jahon bozorlarini yanada larzaga keltirmoqda”. Bu holat narxlarning yanada oshishiga va mahsulot olishda qiyinchiliklarga olib keladi.
“Eng katta zarar rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkaziladi”, - dedi elchi.
Shu bilan birga, u “raqiblar qanchalik urinmasin, Rossiyani yakkalab qo‘yish ish bermasligiga” ishontirdi.
Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Ko‘pgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va Qo‘shma Shtatlar uchun muammo bo‘lib, oziq-ovqat va yoqilg‘i narxining oshishiga olib keldi.
Kreml bu choralarni iqtisodiy urush deb atadi. Prezident Vladimir Putin sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidladi. G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirish.