O‘zbekistonda talabalar uchun 60 ta turar joy quriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishStroitelstvo jilogo doma
Stroitelstvo jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
1 avgust holatiga davlat xususiy sheriklik asosida 20 800 o‘rinli 39 ta loyiha ustida ish olib borildi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Hozirda Respublika bo‘yicha jami 30 890 o‘rinli 60 ta talabalar turar joyini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 1-avgust holatiga davlat xususiy sheriklik asosida 20 800 o‘rinli 39 ta loyiha ustida ish olib borildi. Shundan, Samarqand davlat universitetida tadbirkorning to‘liq mablag‘lari hisobidan 350 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirildi.
Davlat xususiy sherikliligi asosida bo‘lgan yotoqxonalar qurilishi:
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik agentligi tomonidan jami 4 800 o‘rinli 11 ta loyiha davlat reyestriga olingan.
Jami 3 000 o‘rinli 7 ta loyiha bitimi rasmiylashtirish jarayonida turibdi.
Toshkent shahridagi 1 ta 1 000 o‘rinli yotoqxona qurilishi loyihasi tender bosqichida.
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat xususiy sheriklik agentligi rasmiy sayti, ta’luqli vazirliklar hamda OTM rasmiy saytlarida 3 300 o‘rinli 5 ta loyiha 45 kunlik e’longa joylashtirilgan.
Davlat xususiy sheriklikdan tashqari bo‘lgan yotoqxonalar qurilishi:
Davlat oliy ta’lim muassasasi va Davlat budjeti mablag‘lari, OTMning to‘liq o‘z mablag‘lari hamda Investitsiya dasturi doirasidagi loyihalar doirasida jami 10 090 o‘rinli 21 ta yotoqxonalar qurilishi amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpoq davlat universitetida 550 o‘rinli talabalar turar joyi universitetning to‘liq o‘z mablag‘i hisobidan qurib bitkazildi.
Respublikada jami 16 050 o‘rinli 30 ta loyihada qurilish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda tadbirkorlardan yotoqxonalar qurishi uchun takliflar qabul qilish davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar qurilishi ma’lum qilingandi. Hukumat qarori bilan tadbirkorga tegishli yer yoki binoda kamida 50 o‘rinli turar joy tashkil etish tizimi joriy etish belgilangan.
Shuningdek, hududlarda 2022-yilda 47 ta, 2023-yilda 67 ta, 2024-yilda 62 ta, 2025-yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0