O‘zbekiston-Ozarbayjon Investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi

© Foto: MIVT UzbekistanaZamestitel premyer-ministra – ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Jamshid Xodjayev provel vstrechu s ministrom ekonomiki Azerbaydjana Mikailom Djabbarovim.
Zamestitel premyer-ministra – ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana Jamshid Xodjayev provel vstrechu s ministrom ekonomiki Azerbaydjana Mikailom Djabbarovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2022
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Toshkentda ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabbarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda Investitsiya jamg‘armasini tashkil etadi. Qisqa vaqt ichida uning faoliyatini tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni shakllantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabbarov bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Ozarbayjon Investitsiya jamg‘armasini tashkil etishga oid tegishli Hukumatlararo bitimni ishlab chiqishni boshlashga kelishib olishdi.
Tomonlar "KASPAR" paromlarida Kaspiy dengizi orqali O‘zbekiston uchun tovarlar ortilgan vagonlarni tashishni tezlashtirishga kelishib olishdi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat neft-gaz, kimyo sanoati, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohasida qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan 87 ta qo‘shma loyiha va savdo shartnomalarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni tezlashtiradi.
Noyabr oyida Toshkentda milliy tovarlar ko‘rgazmasini tashkil qilish, shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlarining Birinchi forumini yuqori darajada o‘tkazishni nazarda tutgan holda hududlararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Forumga tayyorgarlik ko‘rish doirasida investitsiya loyihalari paketini hamda hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya Toshkent deklaratsiyasini qabul qiladi
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizdan oshgan. Joriy yil boshidan esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yana 62 foizga o‘sgan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan edi. Tashrif doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0