https://oz.sputniknews.uz/20220802/norov-ozbekiston-manfaatdor-bolgan-transport-yolaklari-haqida-gapirdi-26750836.html
Norov O‘zbekiston manfaatdor bo‘lgan transport yo‘laklari haqida gapirdi
Norov O‘zbekiston manfaatdor bo‘lgan transport yo‘laklari haqida gapirdi
Sputnik O‘zbekiston
"Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. 02.08.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-08-02T12:34+0500
2022-08-02T12:34+0500
2022-08-02T12:36+0500
iqtisod
vladimir norov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/02/26751011_0:209:1043:796_1920x0_80_0_0_cb221f472b0c6e90f4e4a9688da8413a.jpg
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent shahrida "O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqot formatining birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Unda nutq so‘zlagan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov O‘zbekiston manfaatdor bo‘lgan transport yo‘laklariga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjonning mintaqalararo transport yo‘laklarini rivojlantirishga intilishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Norov O‘zbekiston uchun Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘lining tranzit salohiyatidan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.Mamlakat "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ustida faol ish olib bormoqda.Ta’kidlanishicha, "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘l koridorini Trans-Kavkaz yo‘lagi bilan bog‘lash mamlakatlar o‘rtasida yagona transport tarmog‘ini yaratadi va Xitoydan Yevropaga savdo geografiyasini kengaytiradi. Shuning uchun O‘zbekiston Osiyodan Yevropaga eng qisqa quruqlik yo‘lini ta’minlaydigan Zangezur koridorini tiklashdan manfaatdor.Norov "Tolibon"* harakati vakillari "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish Afg‘onistonni tiklash uchun muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etganini ta’kidladi.O‘z mintaqalarida o‘tkazish nuqtalari bo‘lib kelgan O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya faqat "tranzit punktlari" funksiyasi bilan cheklanib qolmasdan, mavjud transport yo‘nalishlari bo‘ylab ishlab chiqarish, logistika va savdo punktlarini tashkil etish orqali iqtisodiy yo‘laklarni shakllantirishlari kerak.Bu yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va tashqi bozorlarga yetkazib berishga imkon beradi.*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.Eslatib o‘tamiz, "Rossiya temir yo‘llari" O‘zbekiston bilan birgalikda "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" termir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyorligini bildirgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/02/26751011_0:111:1043:893_1920x0_80_0_0_466aff57b171405c137baaabb71b5328.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, vladimir norov
Norov O‘zbekiston manfaatdor bo‘lgan transport yo‘laklari haqida gapirdi
12:34 02.08.2022 (yangilandi: 12:36 02.08.2022) "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkent shahrida "O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqot formatining birinchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Unda nutq so‘zlagan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov O‘zbekiston manfaatdor bo‘lgan transport yo‘laklariga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjonning mintaqalararo transport yo‘laklarini rivojlantirishga intilishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Norov O‘zbekiston uchun Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘lining tranzit salohiyatidan foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Mamlakat "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ustida faol ish olib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, "Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘l koridorini Trans-Kavkaz yo‘lagi bilan bog‘lash mamlakatlar o‘rtasida yagona transport tarmog‘ini yaratadi va Xitoydan Yevropaga savdo geografiyasini kengaytiradi. Shuning uchun O‘zbekiston Osiyodan Yevropaga eng qisqa quruqlik yo‘lini ta’minlaydigan Zangezur koridorini tiklashdan manfaatdor.
Norov "Tolibon"* harakati vakillari "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish Afg‘onistonni tiklash uchun muhim strategik ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etganini ta’kidladi.
“Ushbu loyihani amalga oshirish Markaziy Osiyo orqali eng yirik subregionlar o‘rtasida yuklarni tashish muddati va narxini sezilarli darajada kamaytiradi hamda mamlakatlarimizga umumiy aholisi 1,9 milliard va yalpi ichki mahsuloti $3,5 trillion bo‘lgan Janubiy Osiyoning istiqbolli bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish uchun noyob imkoniyat yaratadi”, - dedi vazir.
O‘z mintaqalarida o‘tkazish nuqtalari bo‘lib kelgan O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya faqat "tranzit punktlari" funksiyasi bilan cheklanib qolmasdan, mavjud transport yo‘nalishlari bo‘ylab ishlab chiqarish, logistika va savdo punktlarini tashkil etish orqali iqtisodiy yo‘laklarni shakllantirishlari kerak.
Bu yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish va tashqi bozorlarga yetkazib berishga imkon beradi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Eslatib o‘tamiz, "Rossiya temir yo‘llari" O‘zbekiston bilan birgalikda "Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" termir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga
tayyorligini bildirgan.