https://oz.sputniknews.uz/20220730/birinchi-avgustdan-nimalar-ozgaradi-26667269.html
Birinchi avgustdan nimalar o‘zgaradi!?
Birinchi avgustdan nimalar o‘zgaradi!?
Sputnik O‘zbekiston
1 avgustdan nimalar o‘zgaradi!?
2022-07-30T12:57+0500
2022-07-30T12:57+0500
2022-07-30T12:57+0500
jamiyat
qonunchilik
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/1c/23035517_0:71:3067:1796_1920x0_80_0_0_b928ab6f1844e89f7f0c568c38a1014d.jpg
Prezident farmoniga ko‘ra, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.Unga muvofiq:Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat YaIDXP orqali qabul qilinadiHukumat qaroriga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat YaIDXP orqali taqdim etiladi. Bunda tadbirkorlik subyektlarining o‘quv kurslarini tugatgan haydovchilikka nomzodlardan imtihon qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish bundan mustasno.Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash boshlanadiHukumat qaroriga binoan 2022-yil 1-avgustdan boshlab maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikroto‘lqinli pech, dazmol, suv isitkich kabi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash boshlanadi.Kinoteatrlar maxsus axborot tizimiga ulanishi talab etiladi2022 yil 1-avgustdan boshlab filmlarga nisbatan mualliflik huquqini himoya qilish va sotilgan har bir chiptaga doir haqqoniy ma’lumot bilan tezkor ta’minlovchi respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimiga ulanmagan holda kinoteatr (kinozal)larda filmlar namoyish etish chakana savdo qilish qoidalarini buzish sifatida baholanadi.Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladiToshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi joriy etiladi.Bunda, fuqarolarga nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan (tibbiy yo‘llanma, kasallik tarixi va ambulator kartadan ko‘chirmalar va boshqa) ma’lumotlar axborot tizimiga elektron tarzda kiritilishi ta’minlanadi. 2023-yil 1-yanvardan boshlab axborot tizimi respublikaning boshqa barcha hududlarida to‘liq joriy etiladi."Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona axborot tizimi ishga tushadiPrezident qaroriga asosan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda ishni sudga qadar yuritish masalalari bo‘yicha "Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona axborot tizimi to‘liq versiyada ishga tushadi.Davlat organlari va tashkilotlarida Ochiqlik indeksi joriy etiladiDavlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/1c/23035517_462:0:2943:1861_1920x0_80_0_0_fb6176d4ba1325adf61752416706bbee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
1 avgustdan nimalar o‘zgaradi!?
1 avgustdan nimalar o‘zgaradi!?
Birinchi avgustdan nimalar o‘zgaradi!?
2022 yil 1-avgustdan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bog‘liq qismlarini eslab o‘tiladi.
Prezident
farmoniga ko‘ra, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.
Mobil-ID tizimi "Elektron hukumat" tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;
️shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora tomonidan yoxud YaIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlar faqat YaIDXP orqali qabul qilinadi
Hukumat qaroriga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, haydovchilikka nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat YaIDXP orqali taqdim etiladi. Bunda tadbirkorlik subyektlarining o‘quv kurslarini tugatgan haydovchilikka nomzodlardan imtihon qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish bundan mustasno.
Maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash boshlanadi
Hukumat qaroriga binoan 2022-yil 1-avgustdan boshlab maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikroto‘lqinli pech, dazmol, suv isitkich kabi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash boshlanadi.
Kinoteatrlar maxsus axborot tizimiga ulanishi talab etiladi
2022 yil 1-avgustdan boshlab filmlarga nisbatan mualliflik huquqini himoya qilish va sotilgan har bir chiptaga doir haqqoniy ma’lumot bilan tezkor ta’minlovchi respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimiga ulanmagan holda kinoteatr (kinozal)larda filmlar namoyish etish chakana savdo qilish qoidalarini buzish sifatida baholanadi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi
Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida hisobga olish va ko‘rikdan o‘tkazishning yangi "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi joriy etiladi.
Bunda, fuqarolarga nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanadigan (tibbiy yo‘llanma, kasallik tarixi va ambulator kartadan ko‘chirmalar va boshqa) ma’lumotlar axborot tizimiga elektron tarzda kiritilishi ta’minlanadi. 2023-yil 1-yanvardan boshlab axborot tizimi respublikaning boshqa barcha hududlarida to‘liq joriy etiladi.
"Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona axborot tizimi ishga tushadi
Prezident qaroriga asosan surishtiruv va dastlabki tergov organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda ishni sudga qadar yuritish masalalari bo‘yicha "Elektron surishtiruv va dastlabki tergov" yagona axborot tizimi to‘liq versiyada ishga tushadi.
Davlat organlari va tashkilotlarida Ochiqlik indeksi joriy etiladi
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy
etiladi.