Toshkentdan Rossiyaning ikki shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

© Transport boshqarmasi matbuot xizmatiToshkent avtovokzali
Toshkent avtovokzali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2022
Obuna bo‘lish
Avgust oyida boshlab Toshkentdan Novosibirsk va Omsk shaharlariga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Toshkent shahridan Rossiyaning yana ikkita shahriga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda shahar Transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, avgust oyida Toshkent- Novosibirsk va Toshkent-Omsk yo‘nalishlari o‘z faoliyatini boshlaydi.
Xususan, 18-iyul kunidan boshlab, har dushanba va payshanba kunlari soat 12:00 da Toshkent-Moskva (1 003 000 so‘m) yo‘nalishida, har seshanba va juma kunlari soat 11:00 da Toshkent-Qozon (803 000 so‘m) yo‘nalishida, har chorshanba va shanba kunlari soat 16:00 da Toshkent-Sankt-Peterburg (1 253 000 so‘m) yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.
1 avgust kunidan boshlab, har dushanba kunlari soat 14:00 da Toshkent- Novosibirsk (803 000 so‘m), 2022-yil 6-avgust kunidan boshlab, har seshanba va shanba kunlari soat 23:30 da Toshkent-Omsk (803 000 so‘m) yo‘nalishida avtobus qatnovi amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0