Yevropa Rossiyaga o‘ziga qarshi super qurol berdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda "Severniy potok"
Pusk v ekspluatatsiyu vtoroy vetki gazoprovoda Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2022
Obuna bo‘lish
Siz bilan biz ajoyib tarixiy spektaklning guvohlari bo‘lib turibmiz. Rusofob – siyosatchilar o‘z fuqarolaridan kamroq yuvinishni, iyulning qoq jaziramasida konditsioner qo‘shmaslikni, mashinadan voz kechib velosipedga o‘tishni va bu bilan Rossiyaga zarar berishni talab qilyapti.
So‘nggi oylarda sodir bo‘layotgan yevropacha gaz be’maniliklarini chindan ham energetikaning birinchi raqamli mavzusi deb atash mumkin. Rossiya gazidan voz kechish yoki hech bo‘lmaganda qaramlikni kamaytirishga urinishlar bilan birgalikda o‘sayotgan axborot va siyosiy jazavaning shiddatini hisobga olsak, hozir hatto Gannoverning qayergadir o‘zga sayyoraliklar kelib odamlar bilan aloqa o‘rnatishni taklif qilsa ham hech kim sezmaydi.
Umuman olganda, buni tushuntirish mumkin.
Kechagi kun 2100 $dan boshlandi, ya’ni Yevropa gaz birjasida TTF tabiiy gazning ming kubometri aynan shuncha narxga oshdi. Ko‘rsatkich rekord darajasida emas, biroq har qanday davlat budjeti uchun ancha og‘riqli. Hatto kun oxiriga kelib yoqilg‘ining xuddi shuncha miqdori 2500 $ turishini hech kim tasavvur qila olmas edi.
“Gazprom”ning “Shimoliy oqim” bo‘yicha gaz tortib olishi gazoprovodning loyihaviy quvvati 20% gacha pasayganini xabar berganidan so‘ng, sham narxi ham oshdi. G‘arb OAVlari bundan aqldan ozib, yana bo‘layotgan hodisalarda Rossiyaga ayblovlar bilan tashlandi. Ya’niki, Rossiya energota’minotdan gibrid qurol, o‘z tashqi siyosiy manfaatlarini yo‘lga qo‘yadigan dastak va Yevropa birligini parchalash uchun tirgak sifatida foydalanayotgan emish.
Bunday gaplar qanchalar odatiy bo‘lsa, shunchalar yolg‘on ham.
Boltiq dengiz tubidagi magistral orqali gaz quyish Rossiya Bosh shtabining ayyor rejasi sabab emas, balki boshqa gaz nasos agregati rejali ta’minlash uchun olib kelingani sababli tushdi. Germaniya qirg‘oqlarigacha bo‘lgan butun yo‘nalish bo‘ylab endi oraliq kompressor stansiyalari yo‘qligini hisobga olsak, fizika nasosi odatdagidek kuniga 164 million kub metrdan o‘ttizgacha qisqartirdi.
Ta’kidlash joizki, bu Smolensk g‘arbida sodir bo‘lgan ikkinchi tragikomediya seriyasidir.
O‘tgan oy mobaynida butun Yevropa birinchi turbinaning sarguzashtlarini diqqat bilan kuzatib turdi. Uni Siemens Energy kompaniyasi (Rostexnadzorning barcha tavsiyalariga rozi bo‘lib) o‘chirdi, qismlarga bo‘ldi va ta’mirlash uchun Kanadaga yubordi. Ottava esa Vashingtonning ko‘rsatmasiga binoan agregatni hibsga oldi va bunga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ro‘kach qildi hamda Germaniya, qisman Yevropa gaz bozori tubsizlikka qulashiga qadar qaytarmaslikka qaror qildi. Berlin esa ko‘p va uzoq davom etgan muzokaralar sabab o‘zining mulkini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi, ammo bu uchun nemislar nimalarga tayyor bo‘lganini taxmin qilish qiyin emas.
Biroq, baxtiqaro turbina baribir “Portovaya” gazokompressor stansiyasigacha yetib bora olmadi va siyosiy ig‘volar va ikkiyuzlamachiliklar tuzog‘iga tushib qoldi. Germaniya yana bir marotaba Rossiyani turbinani qaytarib olmayotganlikda va shu sababli bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishni cho‘zayotganlikda aybladi. Bunga javoban “Gazmprom” juda asosli javob berdi va agregatning hozirgi holati va gaz quvurini ishlatish, uning infratuzlmasini saqlash paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan keyingi cheklovlarni umuman tushunmasligini bildirdi.
Soddaroq aytganda, do‘stona bo‘lgan G‘arb kollektivi o‘zini qanday tutdi.
Masalan, Siemens ning turbinalarini to‘siqsiz olib o‘tishga, ta’mirlash va qaytarishga Kanadaning ruxsat berishi yoki bermasligi hamon aniq emas, yoki har bir agregatni jang qilib, uzoq vaqt cho‘zilishlar bilan qayratib olishga to‘g‘ri keladimi? Bundan tashqari, nemislar tomonidan tan olingan texnik ekspertizaning talablariga ko‘ra, yaqin oylarda qolgan boshqa agregatlarni ham ta’mirdan chiqarish kerak. “Gazprom”ning savollari mutlaqo mantiqli: kompaniya qazib olish va nasos gorizonlarini bilishi kerak. Axir tabiiy gaz – ko‘mir emas, uni jo‘natish portiga yig‘ib bo‘lmaydi va eksport ruxsatnomasini kutish mumkin emas, u oldindan ma’lum bo‘lgan shartnomaviy hajmlarda qazib olinadi va tashiladi.
Bu turbinalar karuseli Yevropa Ittifoqining barcha qonunlarni yengib o‘tishga harakat qilayotgan g‘azabli nozlari tufayli bo‘lyapti.
O‘tgan butun oy Yevrokomissiyaning ultimatumga o‘xshash talablari ostida o‘tdi- u alyans mamlakatlaridan gaz iste’mol qilishni 15% ga kamaytirishni talab qildi. Butun yevrohudud yiliga 396,6 millard kub metr ko‘k yoqilg‘i iste’mol qilishini hisobga olsak, Yevropa mutassaddilarining har bir mamlakatning sanoatiga zarar yetkazmasdan iste’moldan deyarli 60 milliard kub metrni qanday chiqarib tashlash kerakligini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha qilish uchun aytapmizki, bu ko‘rsatkich Germaniya aholisi va butun sanoati iste’mol qiladigan gaz miqdoridan ozgina kam deganidir.
Hozirgi vaziyat qanchalik jiddiy ekanini tushunish uchun hukumatlari yangi energiya matematikasida maqbul javob topa olmagan bir qator mamlakatlar tomonidan loyiha deyarli darhol torpedo qilinganligini aytish kifoya. Kutilmaganda bu safar Yevropaning asosiy janjalkashi Vengriya emas, balki doimo yakdil bo‘lgan Ispaniya, Portugaliya, Italiya va Gretsiya qarshi chiqdi. U yerdagi moliyachilar va energetiklar qanday qilib qishni Rossiya gazisiz o‘tkazishlarini o‘ylab topisha olishmadi. Janjal natijasiz va shu qadar uzoq davom etdiki, Yevropa Kengashi oxiri qarorni ratifikatsiya qilishdan bosh tortdi va barcha mamlakatlarni bunday majburiyatlarni Brusselda ko‘pchilik bilan emas, balki o‘zi hal qilishi kerak degan qarorga keldi. Fakt jihatidan olib qaraganda biz siz bilan doimo maqtab kelingan yevropacha yakdillik va ahillikning birinchi muammolardanoq, kelisha olmayotganini ko‘rapmiz.
Yevropa o‘zining AQShga nisbatan mutlaqo vassal siyosatining garoviga aylandi. Bir tomondan g‘arb alyansi a’zolari qaysar va bo‘sh kelmaydigan ruslarni jazolashni juda xohlashadi. Boshqa tomondan esa- vaziyat shu qadar shiddat bilan yomonlashaptiki, shu paytda masalan, Avstriya mustaqillik namoyish etib, Moskva bilan kelishishga qaror qilsa, uni shu paytning o‘zidayoq sotqin deb atashgan, isnodga qo‘yishgan va u qilgan ishni takrorlashgan bo‘lishardi.
Gaz tanqisligi esa metall yuzasida qolgan zang dog‘i kabi yevrohududning boshqa joylariga ham keng tarqalmoqda. Yaqinda Kiyev tomondan Amerikaga yosh demokratiya uchun qandaydir “gaz lend-liz”ini tashkillashtirish haqida iltijolar eshitildi. Mahalliy professionallarning hisob-kitobiga ko‘ra, Ukrainaga omon qolish va kuz-qish mavsumidan o‘tish uchun qiymati 10 milliard $lik Amerika suyultirilgan gazi kerak bo‘ladi. AQShdagi barcha suyultirilgan gaz terminallari bor imkoniyati bilan ishlayotgani, Ukrainaga moddiy yordam esa kamayayotganini hisobga olganda birorta ham regazifikatsiya portiga ega bo‘lmagan Kiyevning bu orzulari xuddi Marsga skafandrsiz borib sayr qilib kelishdek xomxayollarga o‘xshaydi.
“Shimoliy oqim 2” ning tushirilishi eng oddiy yechim bo‘lib ko‘rinadi. Uning 55 millard kubometr sig‘imi garchi barcha muammolarni hal qilmasada, inqirozning xavfini ozgina bo‘lsada kamaytiradi. Ammo bu yerda ham asosiy rolni mantiq emas, balki siyosat o‘ynaydi. Kuni kecha Brusselda Germaniya vitse-kansleri, iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek ikkinchi oqimning ishga tushirilishi Yevropaning taslimi va butun sanksiya siyosatining barbod bo‘lishini aytdi. To‘g‘ri, juda chiroyli eshitildi. Manfaatdor shaxslar baribir Rossiya ko‘k yoqilg‘isining o‘rnini nima bilan to‘ldirishni topa olishmadi.
Siz bilan biz ajoyib tarixiy spektaklning guvohlari bo‘lib turibmiz. Oldimizda juda katta miqyosdagi hangomalar sodir bo‘lyapti. Unda rusofob – siyosatchilar o‘z fuqarolaridan kamroq yuvinishni, iyulning qoq jaziramasida konditsioner qo‘shmaslikni, mashinadan voz kechib velosipedga o‘tishni va bu bilan Rossiyaga zarar berishni talab qilyapti. Istaklarning hal bo‘lmaydigan qarama-qarshiligi va real haqiqatdan farqi shuki, Rossiya energota’minotini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydi. Birorta mintaqa yoki mamlakat Rossiya eksportining hech bo‘lmasa bir qismini bo‘lsada o‘rnini bosishga rozi bo‘lmadi. Saudiya Arabistoniga o‘xshagan mamlakatlar esa hatto bizning neftchilarimizga o‘z sa’y-harakatlari va ishlab chiqarish hajmini muvofiqlashtirishni taklif qilib chiqishadi. Mamlakatlar va butun qit’alarga o‘z xohish-irodasini bildirishga qodir millatlararo mavjudot ekaniga qat’iy ishongan Yevropa, gazni tejashning so‘nggi qultumlarini tortapti - va bu kislorod emas.
Uzoq vaqtdan buyon bizning mamlakatimizni tabiiy gazdan qurol sifatida foydalanayotganlikda ayblab kelishdi. Va bu reallikka aylandi ham. Eng qizig‘i, Rossiya bu uchun aytarli hech nima qilmagan edi.
Yangiliklar lentasi
0