Qoraqalpog‘istonda yuragida nuqsoni bor bolalarda murakkab operatsiya o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Igor Onuchin / Mediabankka o‘tishNauchno-texnicheskiy kompleks "Mikroxirurgiya glaza" v Xabarovske
Nauchno-texnicheskiy kompleks Mikroxirurgiya glaza v Xabarovske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent va Samarqanddan kelgan kardioxirurglar 170 nafar bemorda yurak jarrohligi amaliyotini amalga oshirmoqda.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar davlat hisobidan murakkab operatsiya qilinmoqda. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent va Samarqanddan kelgan kardioxirurglar 170 nafar bemorda yurak jarrohligi amaliyotini o‘tkazmoqda.
Ular dastlab, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining innovatsion klinikasida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda murakkab operatsiyalarni bajarishdi.
Shuningdek, yuqori texnologik muolajalarning bir qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tkazildi.
“Qanchadan qancha ehtiyojmand oilalarning bemor farzandlari uzoq yillik dardidan sanoqli soatlarda xalos bo‘lib, yana sog‘lom hayotga qaytdi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, fuqaro Ra’no Xalmuratovaning qizi Elenora Kenesbayeva 15-yildirki tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekib keladi. Ammo zarur mablag‘ jamg‘ara olmagani tufayli farzandini Toshkentga davolatish uchun olib borishga imkoni bo‘lmagan.
Nukusga kelgan shifokorlar Elenorada uzoq yillar orziqib kutilgan murakkab operatsiyani bepul va eng muhimi, muvaffaqiyatli bajarishdi.
“Har yili o‘g‘il-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, kasallikka chalinganlarni ro‘yxatga olyapmiz. Birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan oila farzandlariga e’tibor qaratilib, ularda murakkab kardioxirurgik amaliyotlar o‘tkazilyapti”, deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Alima Matkarimova.
Qayd etilishicha, mart oyida ham Nukusda yurak operatsiyalari amalga oshirilgan. Bu galgi tashrif davomida mahalliy kardioxirurglar malakasi ham oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0