O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtomobilsozlik sohasidagi qo‘shma loyihalarni ko‘paytirmoqchi

© FOTO / ASKAR YACUBOV Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Bakit Torobayev bilan onlay muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston avtomobilsozlik sohasidagi qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Bakit Torobayev bilan muzokaralari chog‘ida ma’lum qilindi.
Onlayn bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishdi. Energetika, yengil sanoat, farmatsevtika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, yengil avtomobillar va bazalt tolasi ishlab chiqarishdagi qo‘shma loyihalar sonini ko‘paytirish rejalari ma’lum qilindi.
2021 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 953,5 million dollardan, 2022-yil birinchi yarmida esa 590 million dollardan oshdi (o‘sish o‘tgan yil shu davriga nisbatan 39 foizni tashkil qildi).
Yangiliklar lentasi
0