Istanbulda g‘alla bo‘yicha qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz ishga tushdi

© CC0 / Unsplash / Meg JerrardBolshaya mechet Medjidie v Stambule
Bolshaya mechet Medjidie v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
26 iyul kuni rossiyalik mutaxassislardan iborat guruh Istanbulga boradi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Ukraina portlaridan g‘allani xavfsiz tashish bo‘yicha o‘zaro tushunish tashabbusi qoidalarini amalga oshirish doirasida Istanbulda qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz ish boshladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Ukraina portlaridan g‘allani xavfsiz tashish bo‘yicha o‘zaro tushunish tashabbusi qoidalariga muvofiq, Istanbulda qo‘shma muvofiqlashtirish markazi o‘z ishini boshladi”, deb ta’kidlangan xabarda.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, 26-iyul kuni rossiyalik mutaxassislardan iborat ilg‘or guruh Istanbulga boradi, ular to‘rt tomonlama formatda ish boshlaydi.
“Rossiya delegatsiyasiga kontr-admiral Eduard Luyk boshchilik qilmoqda. Qo‘shma muvofiqlashtirish markazidagi rossiyalik mutaxassislarning asosiy vazifasi tashabbusni amalga oshirish bosqichiga o‘tish uchun barcha zarur masalalarni tezkorlik bilan hal qilishdan iborat bo‘ladi”, deyilgan xabarda.
22 iyul kuni Istanbulda jahon bozorlariga oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berish muammosini hal etish bo‘yicha hujjatlar to‘plami imzolandi.
Yana bir hujjat Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan Qora dengiz portlaridan g‘allani eksport qilish mexanizmini belgilaydi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT o‘rtasidagi kelishuvlar to‘rt tomonlama muvofiqlashtirish markazini tashkil etishni nazarda tutadi, uning vakillari qurol-yarog‘ kontrabandasi va provokatsiyalarning oldini olish maqsadida g‘alla kemalarini tekshiradi.
Yangiliklar lentasi
0