Eron Shahed dron-kamikadzelari AQSh HIMARS'lari bilan Ukrainada uchrashishi mumkin

© AP Photo / Ebrahim NorooziIranskiy bespilotnik Shahed-129 demonstriruyetsya na mitinge v Tegerane, Iran.
Iranskiy bespilotnik Shahed-129 demonstriruyetsya na mitinge v Tegerane, Iran. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida Amerika qurollarining Eronda ishlab chiqarilgan zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlardan foydalanish texnologik jihatdan mumkin, taktik tomondan maqsadga muvofiq va geosiyosiy tomondan yaxshi bo‘ladi.
Eronda ishlab chiqarilgan zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlarning Rossiyaga yetkazilishi haqida xorijda chop etilgan xabarlar ehtimoliy ssenariyni batafsil ma’lum qiladi.
Eron dronlarining Rossiyaga yetkazilgani haqida bir qancha OAVlar xabar berishdi. Xabarlarda hatto uchuvchisiz apparatning “Shahed-129” modifikatsiyasi ekanligi, Astraxan-Volgograd bo‘ylab yetkazilgani haqida yozilgan.
Dronlar yetkazilishining ikkinchi versiyasi - havo ko‘prigi orqali amalga oshirilgan: Qeshm Fars Air (go‘yoki Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga aloqador) Eron aviakompaniyasining Boeing 747-300 yuk tashuvchi borti 24-iyul kuni Moskvaga navbatdagi reysni amalga oshirgan.
Avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Rossiya vakillarining iyun oyida Erondagi Kashan aerodromiga ikki marotaba tashrif buyurgani hamda Shahed-191 va Shahed-129 pilotsiz uchar apparatlarining yuqori aniqlikdagi raketalar bilan sinab ko‘rgani va bu Rossiyaning ularni olishga qiziqish bildirgani haqida xabar berdi. AQSh razvedkasining xabar berishicha, Eron Rossiyaga “yuzlab” dronlar yetkazib berishi mumkin.
Olovsiz tutun bo‘lmaydi deganlaridek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19-iyulda Tehronga qilgan tashrifi chog‘ida Eron hukumati bilan dronlar yetkazish bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib bormagan (davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakovning rasmiy xabarlariga ko‘ra).
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Nasser Kanaani jurnalistlarning dron haqidagi savollariga Eron va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik maxsus operatsiyadan oldin boshlangan va undan keyin hech qanday aniq vaziyatlar bo‘lmagan deya javob bergan.
Eron quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni, general Kiomars Haydariy 22-iyul kuni Tehronning do‘st mamlakatlarga pilotsiz uchar apparatlarni yetkazib berishga tayyor ekanligini bildirgan.
Shunday qilib Moskva va Tehron yetkazib berishlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlagani ham, rad etgani ham yo‘q. Yuzaga kelgan vaziyatda Eron va Rossiya o‘zlarini oqlashga majbur emas.
Eron “Shahidlar”ining xususiyatlari
G‘arb mamlakatlarining qarama-qarshiligi va qirk yillik sanksiyalariga qaramay, Eron qudratli mudofaa sanoati, yuqori texnologiyali aviaqurilishni yarata olgan va uchuvchisiz aviatsiya borasida katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
Eronning razvedkachi-zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlari va sakkizta asosiy “oilalar”ning dron-kamikadzelari Suriya va Iroqda minglab harbiy parvozlarni amalga oshirishgan. Butun “eskadrilya”larning ommaviy zarbalar texnologiyasi va taktikasi ishlab chiqarilgan. Eron dronlarining sakkizta yirik “oilasi” Afrika va Janubiy Amerika bozorlarini ishonch bilan zabt etmoqda. Ayrim davlatlar tayyor uskunalar va uni ishlab chiqarish uchun litsenziya sotib oldi: Tojikiston Ababil-4, Venesuela Mohajer-6 dronlarini yig‘moqda.
Military Watch Magazine nashri ta’kidlamoqda: “Eron ko‘rinmas-dronlari yaqinda Ukraina uchun juda yomon yangilik bo‘lishi mumkin”. G‘arbda Rossiya Isroilning Hermes 450 va Amerikaning MQ-1 Predator texnologiyalariga asoslangan Shahed-129 og‘ir zarba beruvchi droniga stavka tikkan.
Shahed-129 Eron “bestselleri” yigirma yildan buyon seriyali ishlab chiqarilmoqda. 2019-yilda esa unga asoslangan dengiz floti uchun versiya yaratilgan – Simorgh uchuvchisiz apparati yuqori aniqlikda va uzoq masofalarga aqlli bombalar bilan bir paytning o‘zida to‘rtta nishonga zarba bera oladi.
Hujumchi “Shahid”ning fuzelyaj uzunligi - qariyb 8 m, qanot qoqishi- 16 m. Harbiy yuklama- 400 kg gacha. Maksimal tezlik- 150 km/soat, davomiylik- 24 soatgacha. Jangovar radius- 1700 km. Qurollanish- Sadid-1 to‘rtta boshqariladigan tankka qarshi raketalar (Spike-ER isroilda ishlab chiqarilgan muqobili) yoki yuqori aniqlikdagi Sadid-345 rejalashtiriladigan bombalar. Statsionar va harakatlanayotgan nishonlarga tegish uchun qattiq nuqtalarga sakkiztagacha tez otish moslamalarini o‘rnatish mumkin.
Shahed-129 og‘ir dronlarining taktik-texnik xarakteristikalari Ukrainadagi mahsus operatsiyada keng ko‘lamli razvedka- hujum topshiriqlarini samarali bajarishlari mumkin. U yerda avval Rossiyaning “Inoxodes” (“Orion”ning o‘zi, jangovar radius 300 km, tezligi 200 km/soat, jangovar yuklama 300 kg) va Turkiyaning Bayraktar-TB2 (radius- 150 km, kreyser tezligi 130 km/soat, jangovar yuklama- 150 kg) dronlari faol ish olib borishgan.
Rossiyaning hujumchi “Inoxodes”i (“Orion”) dunyoning eng zo‘r dronlari bilan bellashishga qodir, arsenalida “havo- maydon”, “havo-havo” raketalariga ega. Biroq, “Kronshtadt” guruhining korxonasi bunday mashinalarni yiliga o‘nta ishlab chiqaradi. Agar bugunning o‘zida Ukrainadagi harbiy operatsiya uchun yuztalab dronlar kerak bo‘lib qolsachi? Bunday paytda - urush vaziyatida uchuvchisiz apparatning kuni bir necha hafta xolos.
G‘arb mamlakatlari Ukraina Qurolli Kuchlariga qurollarning o‘nlab turlarini yetkazmoqda- uchuvchisiz apparatlar kompensatsiyasini to‘lamoqda. Rossiya Ukrainadagi harbiy operatsiyalar teatrida o‘ziniki bilan birga do‘st mamlakatlarning samarali tizimlari va komplekslaridan foydalanishi mumkin.
Eronda ishlab chiqarilgan hujumchi uchuvchisiz apparatlaridan ommaviy foydalanish Rossiya qo‘shinlari hamda Donbass xalq militsiyalarining hujumchilik salohiyatini oshirishi aniq.
Texnologik mumkin, taktik jihatdan maqsadga muvofiq, geosiyosiy jihatdan bu AQSh va NATOning yuziga ko‘p qutbli dunyoning tarsakisi bo‘lishi mumkin. 24/7 rejimida Ukraina osmonlarini patrul qilib turgan Shahed-129 dronlari “ushlab bo‘lmas” HIMARS RSZO larini yo‘q qilish va Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyadan ko‘zlagan maqsadlariga yetishini tezlashtiradi.
Yangiliklar lentasi
0