Butun dunyoda dollardan voz kechish jarayoni boshlandi, uni to‘xtatib bo‘lmaydi – Volodin

© PixabayGorashaya kupura
Gorashaya kupura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2022
Obuna bo‘lish
Volodin: Butun dunyo bo‘ylab dedollarizatsiya jarayoni boshlangani va uni to‘xtatib bo‘lmasligi aniq.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Butun dunyoda dedollarizatsiya jarayoni boshlandi, uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu haqda Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin ma’lum qildi. RIA Novosti.
Siyosatchi Telegram kanalida dollar o‘z pozitsiyalarini yo‘qotayotganining sabablarini sanab o‘tdi.
“Qanchalik tez (dollar o‘z o‘rnini yo‘qotadi) - ochiq savol, ammo butun dunyo bo‘ylab dedollarizatsiya jarayoni boshlangani va uni to‘xtatib bo‘lmasligi aniq”, dedi Volodin.
Boshqa sabablar qatorida, Davlat Dumasi spikeri ushbu valyutadan “siyosiy kurash quroli” sifatida foydalanishni aytgan.
“Bu jarayonga geosiyosiy xarakterdagi o‘zgarishlar ham hissa qo‘shmoqda, bundan milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblarning kuchayishi va AQShning “o‘z xatolarini tan olishni” istamasligi dalolat beradi. Oxirgisining o‘rniga ham yangisi keladi. Bugun aytishimiz mumkinki, bu, katta ehtimol bilan yevro emas, balki suveren iqtisodga ega davlatlarning valyutalari”, deya xulosa qildi Volodin.
Yangiliklar lentasi
0