O‘zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi - tafsilotlar
© SputnikBuxara, stariy gorod
© Sputnik
Obuna bo‘lish
2023 yil 1-martga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati shakllantiriladi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-iyul kuni imzolagan farmon bilan O‘zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, Moliya vazirligi tarkibida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etiladi.
1 sentabrdan boshlab jamg‘arma hisobidan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha minimal iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanadi.
Bunda, xodimning ish stajida 1 oygacha bo‘lgan tanaffuslar mavjud bo‘lsa ushbu tanaffuslardan oldingi va keyingi oylar ketma-ket ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi.
Shuningdek, kelgusida davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha beriladigan nafaqalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich to‘lanadi.
Farmonga muvofiq:
2023 yil 1-martga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlar ro‘yxati shakllantiriladi.
2023 yil 1-iyulga qadar davlat tomonidan kafolatlangan va bepul taqdim etiladigan minimal ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlari tasdiqlanadi.
Hujjat bilan O‘zbekiston aholisini ijtimoiy himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Unga ko‘ra:
Ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olinadi;
Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tish hamda imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi ta’minlanadi;
Aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi;
Ijtimoiy xizmatlarni aholiga bevosita mahalla darajasida ko‘rsatish amaliyoti joriy etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar soni oxirgi uch yilda to‘rt barobarga oshib, 1,9 mlnga yetdi.
Nafaqa tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshirildi. Mazkur to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha hamda nafaqa miqdori o‘rtacha 1,5 barobarga oshirildi.
Qolaversa, ishsizlik nafaqalarining eng kam miqdorlari 3,2 baravarga oshirildi. Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan 20 dan ortiq yangi instrumentlar joriy etildi.