1311 yillik so‘g‘d choponi bugungacha saqlanib qolingan

© Press-slujba Agentstva po kinematografii Uzbekistana.Yedinstvenniy v mire sogdiyskiy xalat, kotoromu 1311 let.
Yedinstvenniy v mire sogdiyskiy xalat, kotoromu 1311 let. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna bo‘lish
Dunyodagi yagona saqlanib qolgan artefakt haqida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro kongressida ma’lum qilindi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Yoshi 1311-yilga teng so‘g‘d choponi bugungacha saqlanib qolgan. Uzoq tarixga ega libos haqida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro kongressida ma’lum qilindi.
Malayziyadagi Islom san’ati muzeyi bosh kuratori Xeba Nayel Barakatning so‘zlariga ko‘ra, muzeyda dunyodagi yagoda so‘g‘d choponi saqlanmoqda.
Libosning yengida tuyoqlari ostida hayot daraxti taqilgan qanotli otlar tasvirlangan. Matoning ranglari (yashil, qizil, ko‘k va krem) va medalon ko‘rinishidagi naqshlar hali ham ajralib turadi.
Aytish joiz, Samarqandning Afrosiyob devorlarida huddi shunday choponlarni kiygan bir guruh insonlar tasvirlangan freska topilgan.
Artefaktni Malayziyadagi Kuala-Lumpur Islom san’ati muzeyida ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0