O‘zbekistonda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda

© AP Photo / Francisco Seco5G set
5G set - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri ijtimoiy tarmoqlarda beshinchi avlod 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilgan skrinshotlar bilan bo‘lishdi. Ularda yuklab olish tezligi 896 Mbit/s ga yetadi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov mamlakatda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand turizm markazida 5G tarmog‘ini test qilish boshlandi.
“Ushbu markaz nafaqat xalqaro tadbirlar o‘tkaziladigan va turistlar yaxshi dam oladigan joy bo‘lmoqda, balki yuqori tezlikdagi sifatli xizmatlar ko‘rsatishlariga imkon yaratilmoqda”, deydi vazir.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda birinchi marotaba barcha mobil aloqa operatorlar hamkorligida antenna infratuzilmasini bitta machtada ko‘tarib, binolar ichida ham Active DAS tizimi joriy qilindi.
Vazir ta’kidlashicha, 24-27 oktabr kunlari Samarqand turizm markazida AKT haftaligi o‘tkaziladi.
Mazkur ishlar prezident qabul qilgan qilingan PQ-104 prezident qarori bilan mobil aloqa operatorlari uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar sababli amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0