YTHlar oqibatidagi o‘lim holatlari kamaydi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishDorojniy znak na meste avarii
Dorojniy znak na meste avarii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Yanvar-iyun oylarida 3559ta YTH kuzatilgan. Bu raqam o‘tgan yilga nisbatan 194 taga kam.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yo‘l transport hodisalarida jarohat olish va o‘lim holatlari soni kamaydi. Bu haqida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Yanvar-iyun oyida 3559 ta YTH ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 194 taga kam.
Avariyalarda:
jarohat olganlar -2775 nafar;
vafot etganlar- 784 nafar.
Qayd etilishicha, YTHlar soni Farg‘ona viloyati va Namangan viloyatidan tashqari barcha hududda kamaydi.
O‘sish:
Farg‘ona viloyati -621 ta, +3%;
Namangan viloyati-400 ta, +7%;
Kamayish:
Sirdaryo viloyati-70 ta (-1%);
Samarqand viloyati- 372 (-1%);
Xorazm viloyati - 89 ta (-3%);
Buxoro viloyati- 139 ta (-4%);
Qoraqalpog‘iston -193 (-4%);
Toshkent viloyati- 413 ta (-6%);
Surxondaryo viloyati- 131 (-8%);
Andijon viloyati- 299 ta (-10%);
Toshkent shahri-479 ta (-10%);
Navoiy viloyati- 106 (-17%);
Jizzax viloyati- 86 ta (-21%);
Qashqadaryo viloyati- 161 (-26%).
YTH kelib chiqish sababalarining 1 941 tasi inson omili bilan bog‘liq.
Unga ko‘ra avariyalar quyidagi holatlarda sodir bo‘lgan:
Belgilangan tezlikka rioya qilmaslik- 818 ta;
Haydovchining tajribasizligi- 254 ta;
Oraliq masofani saqlamaslik-182 ta;
Piyodaga yo‘l bermaslik- 133 ta;
Svetofor yoki yo‘l belgisiga rioya qilmaslik- 105 ta;
Quvib o‘tish qoidalarini buzish-101 ta;
Mast holda transport vositasini boshqarish- 35 ta;
Boshqa sabablar 313 –ta.
YTHlarning 1618 tasi esa yo‘l infrotuzilmasini to‘g‘ri tashkil etilmaganligi bilan bog‘liq.
Unga ko‘ra:
Bu piyodalar o‘tish joyi tashkil qilinmaganligi- 393 ta;
Veloyo‘laklar yo‘qligi – 298 ta;
Yo‘lni ikkiga ajratuvchi to‘siqlar o‘rnatilmaganligi – 289 ta;
Yo‘llar yoritilmaganligi – 186 ta;
Piyodalar harakatini cheklovchi to‘siqlar (panjara) o‘rnatilmaganligi -167 ta;
Yo‘llarning o‘tkazuvchanligi transport oqimiga moslashtirilmaganligi -155 ta;
Yo‘l ho‘l yoki muzlama bo‘lganligi – 68 ta;
Yerosti va yerusti piyodalar o‘tish joyi tashkil etilmaganligini- 62 ta.
Barcha YTHlarning 1648 tasi avtomobillarda piyodalarni urib ketish bilan bog‘liq. Avtomobillar to‘qnashuvi 1132 taga teng.
Velosipedchilarni urib yuborish holati 298 ta, mashinalarning ag‘darilishi 190 ta, to‘siqqa urilish 156 ta va to‘xtab turgan transportga borib urilish 41tani tashkil qildi.
Avariyalarni sodir etgan haydovchilarning 126 nafari ayol, 3 433 nafari esa erkak.
Yangiliklar lentasi
0