O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi miqdori oshdi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Mediabankka o‘tishProizvodstvo zolotix slitkov na zavode "Krassvetmet"
Proizvodstvo zolotix slitkov na zavode Krassvetmet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Iyun oyi davomida oltin-valyuta zaxiralari 179,8 mln dollarga ko‘paygan.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning yalpi xalqaro zaxiralari 1-iyul holatiga qariyb 35,6 mlrd dollarga yetdi. Iyun oyi davomida oltin-valyuta zaxiralari 179,8 mln dollarga ko‘paygan. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan sharhda keltirilgan.
Bunda zaxiralarning valyuta qismi 157,5 mln dollarga, oltin qismi esa 39,8 mln dollarga ko‘paygan. Oltin zaxiralarining hajmi 300 ming unsiyaga yoki o‘rtacha 8,5 tonnaga oshgan.
Zaxiralar tarkibidagi oltinning fizik qoldig‘i 11,7 mln troy unsiyasini tashkil qilmoqda. Uning moliyaviy qiymati 21,1 mlrd dollardan 21,2 mlrd dollarga ko‘paygan.
Xalqaro zaxiralar xorijiy valyuta mablag‘lari, maxsus qarz olish huquqi, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyasi va oltindan iborat. Xorij valyutasi, asosan, banklarda saqlanadigan naqd pullarni o‘z ichiga oladi.
Yangiliklar lentasi
0