Rossiyada do‘st respublikalar uchun yagona futbol ligasini tuzish taklif qilindi

© Sputnik / Grigoriy SokolovPole stadiona, arxivnoe foto
Pole stadiona, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna bo‘lish
Chempionatda Donesk, Lugansk xalq respublikalari, Qrim, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Xerson va Zaporojye jamoalari ishtirok etadi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiya Sport vazirligi do‘st respublikalar jamoalari uchun yagona futbol ligasi tuzishni taklif qiladi. Bu haqda Donesk xalq respublikasidagi yig‘ilishda Rossiya sport vaziri o‘rinbosari Odes Baysultanov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, chempionatda Qrim, Donesk, Lugansk xalq respublikalari, Abxaziya, Janubiy Osetiya, Xerson va Zaporojye jamoalari ishtirok etadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chempionatda 14 tagacha klub ishtirok etishi mumkin. Uni 2023-yil mart-noyabr oylarida o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.
Yangi turnir formati hali to‘liq aniq emas va jamoalar soni o‘zgarishi ehtimoli bor.
Yangiliklar lentasi
0