https://oz.sputniknews.uz/20220718/qoraqalpogistonda-sodir-bolgan-voqealarni-organish-boyicha-ishonch-telefoni-ishga-tushirildi-26278775.html
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolar iyul oyining ilk kunlarida Nukusda nimalar sodir bo‘lgani haqida 1374 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari mumkin. 18.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-18T09:52+0500
2022-07-18T09:52+0500
2022-07-18T09:52+0500
jamiyat
qoraqalpog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19447953_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_98bbf28b739f92c5a806894e0a099525.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi tashabbusi bilan ishonch telefoni ishga tushirildi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) xabar berdi.Ombudsman Feruza Eshmatova boshchiligidagi komissiya 15-iyul kuni Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma qarori bilan tashkil etilib, 16-iyul kuni Qoraqalpog‘istonda ish boshlagan.Endilikda fuqarolar 1374 qisqa raqamli koll-markazga Qoraqalpog‘istondagi holat va sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkin.Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nukusdagi ommaviy tartibsizlik va buzg‘unchilik davomida 18 kishi vafot etgan, 250 nafardan ziyod kishi jarohat olgan. O‘zbekiston hukumati 1–2 iyul kunlari Nukusda ro‘y bergan voqelarani O‘zbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumi, hududiy yaxlitligi va birligini vayron qilishga urinish deb baholagan.Bosh prokuratura O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish ochgan. Dastlabki tergov doirasida 14 nafar shaxs hibsga olingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1c/19447953_273:0:3004:2048_1920x0_80_0_0_7565c72379f8ddceded21892b303d997.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, qoraqalpog‘iston
jamiyat, qoraqalpog‘iston
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi
Fuqarolar iyul oyining ilk kunlarida Nukusda nimalar sodir bo‘lgani haqida 1374 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari mumkin.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi tashabbusi bilan ishonch telefoni ishga tushirildi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)
xabar berdi.
Ombudsman Feruza Eshmatova boshchiligidagi komissiya 15-iyul kuni Senat va Qonunchilik palatasining qo‘shma qarori bilan
tashkil etilib, 16-iyul kuni Qoraqalpog‘istonda ish boshlagan.
Endilikda fuqarolar 1374 qisqa raqamli koll-markazga Qoraqalpog‘istondagi holat va sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkin.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nukusdagi ommaviy tartibsizlik va buzg‘unchilik davomida 18 kishi vafot etgan, 250 nafardan ziyod kishi jarohat olgan. O‘zbekiston hukumati 1–2 iyul kunlari Nukusda ro‘y bergan voqelarani O‘zbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumi, hududiy yaxlitligi va birligini vayron qilishga urinish deb baholagan.
Bosh prokuratura O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy
ish ochgan. Dastlabki tergov doirasida 14 nafar shaxs hibsga olingan.