https://oz.sputniknews.uz/20220718/kadastri-bolmagani-uchun-er-soligi-3-karra-miqdorda-hisoblanishi-toxtatib-turiladi-26301024.html
Kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanishi to‘xtatib turiladi
Kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanishi to‘xtatib turiladi
Sputnik O‘zbekiston
Ishchi guruhlari 1-oktabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantiradi. 18.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-18T18:52+0500
2022-07-18T18:52+0500
2022-07-18T18:52+0500
iqtisod
soliq
kadastr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ef2bf5cf984b8a0cce6fbe7eea50039c.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanishi to‘xtatib turiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Yig‘ilishda yana bir muammoga to‘xtalib o‘tildi – 2 million 600 mingta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘q. Ushbu aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tushmoqda. Ta’kidlanishicha, ustiga ustak, kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanmoqda. Shu bois Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligiga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlash topshirildi. Ishchi guruhlari: Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qo‘yildi. Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo‘llash to‘xtatib turishga qaror qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177495_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1aef536f3b44074b28500a2ec07a1301.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, soliq, kadastr
Kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanishi to‘xtatib turiladi
Ishchi guruhlari 1-oktabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantiradi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanishi to‘xtatib turiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Yig‘ilishda yana bir muammoga to‘xtalib o‘tildi – 2 million 600 mingta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘q. Ushbu aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tushmoqda.
Ta’kidlanishicha, ustiga ustak, kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.
Shu bois Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligiga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlash topshirildi.
1 oktabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantiradi;
uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlarni to‘playdi va elektron bazaga kiritadi.
Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qo‘yildi.
Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo‘llash to‘xtatib turishga qaror qilindi.