https://oz.sputniknews.uz/20220718/egasi-aniqlanmagan-erlar-aholi-uchun-qulay-maydonlarga-almashtiriladi-26299328.html
Egasi aniqlanmagan yerlar aholi uchun qulay maydonlarga almashtiriladi
Egasi aniqlanmagan yerlar aholi uchun qulay maydonlarga almashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Respublika bo‘yicha 16 ming gektar maydon egasini topmagan. 18.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-18T18:28+0500
2022-07-18T18:28+0500
2022-07-18T18:28+0500
jamiyat
yer ajratish
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/12/26299478_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1b664371b020a108d2843ac0d6cd0ced.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yil oxirigacha qo‘shimcha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga ajratib beriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha 16 ming gektar maydon egasini topmagan. Chunki bu yerlar aholi yashaydigan joydan uzoq, suvi og‘ir, meliorativ holati yomon, lalmi va yaylov maydonlardan tanlangani uchun ularga dehqonlarda qiziqish yo‘q.Bundan tashqari, 4 ming 300 gektar maydon egalariga kadastr berilmagan, ya’ni ularda hali egalik huquqi yo‘q.Mutasaddilarga va viloyat hokimlariga tanlovda egasi aniqlanmagan yerlarni aholi uchun qulay maydonlarga almashtirish, yer egalariga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish topshirildi.Unga ko‘ra:Mutasaddilar, viloyat va tuman hokimlariga bir oy muddatda kamida 1 mingta mahallada kichik hajmli muzlatkichlar o‘rnatish hamda 3 ming gektarda parnik usulida ertaki mahsulotlar yetishtirish dasturini boshlash topshirildi.Bunga joriy yilda 50 mln dollar, kelgusi yilda yana 100 mln dollar yo‘naltiriladi.Shuningdek, “daftarlar”dagi aholiga yer berilganda, barcha imtiyoz va to‘lovlar 1-yilgacha saqlanib qoladi.Shuningdek, tanlovda 1 nafar talabgor ishtirok etganda ham tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.Mahallalarga hosildor urug‘, ko‘chat yetkazish va mahsulotini sotib olish uchun 150 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/12/26299478_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f4c197fedb43d28207e33ae6570b0dc0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yer ajratish, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
jamiyat, yer ajratish, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev
Egasi aniqlanmagan yerlar aholi uchun qulay maydonlarga almashtiriladi
Respublika bo‘yicha 16 ming gektar maydon egasini topmagan.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda yil oxirigacha qo‘shimcha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga ajratib beriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum
qilindi. Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha 16 ming gektar maydon egasini topmagan. Chunki bu yerlar aholi yashaydigan joydan uzoq, suvi og‘ir, meliorativ holati yomon, lalmi va yaylov maydonlardan tanlangani uchun ularga dehqonlarda qiziqish yo‘q.
Bundan tashqari, 4 ming 300 gektar maydon egalariga kadastr berilmagan, ya’ni ularda hali egalik huquqi yo‘q.
Mutasaddilarga va viloyat hokimlariga tanlovda egasi aniqlanmagan yerlarni aholi uchun qulay maydonlarga almashtirish, yer egalariga kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish topshirildi.
- yil yakunigacha yana qo‘shimcha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi (jami 100 ming gektar bo‘ladi);
- kelgusi yilda yana qo‘shimcha 100 ming gektar ekin maydoni ham aholiga tarqatiladi (jami 200 ming gektar bo‘ladi).
“Bu – juda katta islohot. Buning hisobiga qo‘shimcha 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratilmoqda. Eng asosiysi – agar tuman hokimi, hokim yordamchisi bu masalaga hisob-kitob bilan yondashsa, oziq-ovqat, ishsizlar masalasini bemalol hal qila oladi”, deydi prezident.
Mutasaddilar, viloyat va tuman hokimlariga bir oy muddatda kamida 1 mingta mahallada kichik hajmli muzlatkichlar o‘rnatish hamda 3 ming gektarda parnik usulida ertaki mahsulotlar yetishtirish dasturini boshlash topshirildi.
Bunga joriy yilda 50 mln dollar, kelgusi yilda yana 100 mln dollar yo‘naltiriladi.
Shuningdek, “daftarlar”dagi aholiga yer berilganda, barcha imtiyoz va to‘lovlar 1-yilgacha saqlanib qoladi.
Shuningdek, tanlovda 1 nafar talabgor ishtirok etganda ham tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.
Mahallalarga hosildor urug‘, ko‘chat yetkazish va mahsulotini sotib olish uchun 150 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.