Dam olish kunlari havo harorati qanday bo‘lishi aytildi

© Pixabay / Gerd AltmannTermometr, illyustrativnoe foto
Termometr, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2022
Obuna bo‘lish
Yakshanba kuni havo harorati ba’zi joylarda 40-43 darajagacha, janub va cho‘l hududlarda 45 darajagacha ko‘tariladi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15-16 iyul kunlari respublika bo‘yicha havo harorati 36-41 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha bo‘ladi. Yakshanba kuni issiqning oshib borishi davom etadi, shu kuni termometr ustuni ba’zi joylarda 40-43 darajagacha, janub va cho‘l hududlarda 45 darajagacha ko‘tariladi.
Issiq havo kirib kelishi shamolning kuchayishi bilan qayd etiladi. Bugun va ertaga respublikaning shimoliy hududlarida, shuningdek Buxoro va Navoiy viloyatlarining cho‘l hududlarida, yakshanba kuni esa respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi. 17-iyulda ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0