“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGori pri vyezde v Sherabad
Gori pri vyezde v Sherabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlandi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Prezident qarori bilan 2022–2026 yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlandi.
Dastur doirasida:
avtomobil yo‘llari infratuzilmasi kompleks takomillashtiriladi;
avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimi raqamlashtiriladi;
jamoat transporti rivojlantiriladi va raqamlashtiriladi.
Xususan, Qoraqalpog‘istondagi shahar yo‘lovchi transportining 70 ta bekatlarida yo‘lovchilarga zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni real vaqt rejimida elektron taqdim etuvchi monitorlar joylashtiriladi.
Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtab turish joylari tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0