Toshkentda ShHT va MDHga a’zo davlatlarning sanoat vazirlari yig‘ilishadi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishFlagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv - chlenov ShOS
Flagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv - chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Yig‘ilish ishtirokchilari ShHT va MDH doirasida sanoatni rivojlantirish, moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalarini muhokama qiladi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Ertaga, 15-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar sanoat vazirlari yig‘ilishi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlarning Sanoat siyosati bo‘yicha Kengashining VIIIyig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirlarda Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Tojikiston sanoat vazirlari, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy tarmoq vazirlarining o‘rinbosarlari, ShHT bosh kotibi Chjan Min, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov, shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadi.
Yig‘ilish ishtirokchilari ushbu ShHT va MDH doirasida sanoatni rivojlantirish, kooperatsiya asosida sanoat ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishini ta’minlash, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilish, mehnat unumdorligini oshirish va sanoat mahsulotlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada jadallashtirish hamda kengaytirish masalalarini muhokama qiladi.
Uchrashuvlar chog‘ida ShHT va MDH ga a’zo davlatlar sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qator muhim hujjatlar tasdiqlanishi kutilmoqda.
“Xususan, Shanxay tashkilotiga a’zo davlatlar vazirlari ShHT mamlakatlari ishbilarmon doiralari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi loyihasini ma’qullaydi. Mazkur hujjat Tashkilotning Samarqand sammiti kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritiladi. MDHga a’zo davlatlar sanoat vazirlari yig‘ilishida ham ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikka doir hujjat tasdiqlanishi kutilmoqda”, -deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0