O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqasi 34%ga o‘sdi

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Savdo aylanmasida eng katta hajm Afg‘onistonga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqasi 5-yilda 34%ga o‘sdi. Bu haqida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashgan.
Hozirda mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 1,4 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksportining 5-yilda o‘sishi 26%, import esa 49%ga yetdi.
Savdo aylanmasida eng katta hajm Afg‘onistonga (48,9%) to‘g‘ri kelmoqda. Hindiston - 35,6%, Pokiston - 13,2% va Bangladesh - 2,1%ni tashkil etmoqda.
Bunda Maldiv orollari, Nepal va Butan bilan savdo aylanmasi kichik hajmga teng bo‘ldi.
O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan 2021-yildagi savdosi:
Afg‘oniston
Afg‘oniston bilan savdo aylanmasida O‘zbekiston eksporti asosiy ulushni (99,1%) egallab, Afg‘onistonni foydali savdo-iqtisodiy hamkorga aylantirdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksporti hajmida bug‘doy uni va dukkakli ekinlar - 47%, temir yo‘l transporti xizmatlari 23%, elektr energiyasi - 30%, shuningdek, o‘g‘it va tayyor mahsulotlar asosiy ulushni tashkil etdi.
Hindiston
O‘zbekistonning Hindistonga eksportida xizmatlar ulushi 35%, oziq-ovqat mahsulotlari (asosan dukkakli sabzavotlar) - 23%, mashina va uskunalar (ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar) - 19% va to‘qimachilik mahsulotlari (xom ipak, ip-kalava) - 16% va boshqalardan iborat bo‘ldi.
O‘zbekistonning Hindistondan importi asosan farmatsevtika mahsulotlari xaridining oshishi hisobiga o‘sib bormoqda, ularning importdagi ulushi 70%dan oshdi, qolgan qismi mashina va uskunalar – 16%, oziq – ovqat mahsulotlari (asosan ziravorlar, urug‘lar) - 4% va boshqalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Pokiston
O‘zbekistonning Pokistonga eksporti tarkibida dukkakli sabzavotlar 62,3 mln dollar paxta iplari esa 59,2 mln dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, ip-kalava ekportining o‘sishi va dukkakli sabzavotlarning kamayishi kuzatilmoqda.
O‘zbekistonning Pokistondan importida asosiy ulushni 21,6 mln dollarlikkartoshka va 18,8 mln dollarlikdori-darmonlar tashkil etdi.
Avvalroq O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘sib borayotgani xabar qilingan edi. Joriy yilning dastlabki besh oyida YeOII va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26 foizga o‘sdi va 5,6 milliard dollarni tashkil etdi.

Mavzuga oid:

O‘zbekiston import o‘rnini bosishda Rossiyada asosiy o‘rinni egallamoqda
O‘zbekiston Rossiya biznesi uchun eng ochiq va istiqbolli bozor - Zligostev
O‘zbekiston va Xitoy to‘qimachilik sanoati bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi
O‘zbekiston savdo aylanmasining yuqori hajmi Rossiya bilan qayd etildi
Tez orada Pokistonga o‘zbek qovunlari eksporti boshlanadi
Yangiliklar lentasi
0