O‘zbekistonlik sportchi Butunjahon o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiButunjahon o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchi kumush medalni qo‘lga kiritdi
Butunjahon o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchi kumush medalni qo‘lga kiritdi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Delegatsiya hisobidagi medallar soni yana bittaga ko‘payib, 1 ta kumush va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Birmingem (AQSh) shahrida o‘tayotgan Butunjahon o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Darya Latisheva navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Latisheva taulu yo‘nalishida chiqishi bilan kumush medalga loyiq ko‘rildi.
Bu bilan delegatsiya hisobidagi medallar soni yana bittaga ko‘payib, 1 ta kumush (ushu) va 1 ta bronzani (karate) tashkil etmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik karatechi Dostonbek Otabolayev Butunjahon o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0