Mahkumlarni nazorat qilishda elektron brasletlardan foydalaniladi

© unsplash.com/Andres UrenaElektronniy braslet
Elektronniy braslet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Qochib ketishga uringan shaxslar brasletlardan uzatilayotgan “GPS” signallari yordamida ushlanadi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. 2024 yil 1-dekabrga kadar Ichki ishlar organlari konvoy bo‘linmalari elektron brasletlar bilan to‘liq ta’minlanadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ushlab turilgan, o‘ziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shaxslar va mahkumlarning qochish holatlarining oldini olish maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etiladi.
Qayd etilishicha, elektron brasletni yechish, shikast yetkazish, konvoychi xodimdan uzoqlashish va boshqa holatlar yuzaga kelsa tovushli va vizual xabar onlayn rejimida kuzatiladi.
Xabar avtomatik tarzda biriktirilgan konvoychi xodimga va hududiy ichki ishlar organlari, Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismlari, tergov hibsxonalari hamda jazoni ijro etish koloniyalarining navbatchilik qismlariga kelib tushadi.
Qochib ketishga uringan konvoy ostidagi shaxslar ularga taqilgan elektron brasletlardan uzatilayotgan “GPS” signallari yordamida ushlash choralari ko‘riladi.
Yangiliklar lentasi
0