Estoniya bosh vaziri iste’foga chiqdi

© AFP 2023 / KENZO TRIBOUILLARDKaya Kallas, premyer - ministr Estonii
Kaya Kallas, premyer - ministr Estonii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2022
Obuna bo‘lish
Kaya Kallas bilan birga butun hukumat iste’foga chiqmoqda.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas o‘z lavozimini tark etish qarorini e’lon qildi. Bu haqda Sputnik Belarus Estoniya hukumati matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun ertalab bosh vazir Kaya Kallas hukumatga o‘z xohishi bilan iste’foga chiqishi haqidagi qarorini rasman ma’lum qilgan.
Kallas bilan birga mamlakat vazirlar mahkamasining barcha a’zolari iste’foga chiqadi.
Kallas taklifiga ko‘ra, 15-iyul kuni parlament favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Unda amaldagi bosh vazir deputatlardan yangi hukumatni shakillantirishda unga ishonishni so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, Kaya Kallas o‘tgan yildan beri Estoniya bosh vaziri lavozimida o‘z faoliyatini olib borayotgandi.
Yangiliklar lentasi
0