Norov Rossiya tashqi vaziri bilan uchrashdi

© Foto : MID RFVladimir Norov i Sergey Lavrov
Vladimir Norov i Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2022
Obuna bo‘lish
Vazirlar O‘zbekiston va Rossiyaning o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va O‘zbekiston tashqi ishlar v.b. Vladimir Norovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, vazirlar ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishgan. Integratsion birlashmalar doirasidagi hamkorlik, jumladan, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi va davlat rahbarlari kengashiga tayyorgarlik ko‘rish muhokama qilingan.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining asosiy mavzularini ham muhokama qildilar. Norov prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan respublikada olib borilayotgan jamoatchilik muhokamasi haqida ma’lumot berdi.
“Ikki mamlakatning o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish, Rossiya-O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchilikining yuqori dinamikasini saqlab qolishga bo‘lgan sa’y-harakatlar tasdiqlandi”, - deyilgan xabarda.
11-12-iyul kunlari tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyada bo‘ldi. Tashrif doirasida qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0