Rossiyada maymun chechagi bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi

© Unsplash / Julia KoblitzProvedenie laboratornix issledovaniy
Provedenie laboratornix issledovaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2022
Obuna bo‘lish
Kasallik Yevropadan kelgan yigitda qayd etilgan. Uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Rossiyada maymun chechagiga chalinishning ilk holati tasdiqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Kasallik Yevropa safaridan qaytgan va o‘ziga xos toshma bilan tibbiy muassasaga murojaat qilgan yigitda aniqlangan”, - deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritishicha, kasallik yengil kechmoqda va bemorning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. U yakkalangan va yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0