https://oz.sputniknews.uz/20220712/mb-bankomatdan-naqd-pul-echish-uchun-komissiya-oshirilganiga-munosabat-bildirdi-26105668.html
MB bankomatdan naqd pul yechish uchun komissiya oshirilganiga munosabat bildirdi
MB bankomatdan naqd pul yechish uchun komissiya oshirilganiga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi banklardan biri o‘z bankomatlaridan birida 1 million so‘mdan ortiq naqd pul yechganlik uchun komissiya miqdorini 1 foizdan 3 foizgacha oshirgani... 12.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-12T10:31+0500
2022-07-12T10:31+0500
2022-07-12T10:31+0500
iqtisod
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766512_0:183:2990:1865_1920x0_80_0_0_4e50f0450d8e611368ed019e87d54d85.jpg
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bankomatlardan naqd pul yechishda yechilayotgan naqd pul miqdoridan kelib chiqib 3 foizgacha komissiya to‘lovlari olinayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Markaziy banki bunga munosabat bildirdi.Ta’kidlanishicha, bankomatlardan naqd pul yechish uchun komissiya to‘lovlari tijorat banklari tomonidan bankomatga xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan kelib chiqib mustaqil belgilanadi va bugungi kunda 1 foizdan oshmaydi.MB ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ma’lumotlarni tarqatishda ularning haqiqiyligini va tizimdagi xizmatlar ko‘lamiga ta’sirini inobatga olishini so‘ragan.UZCARD ham komissiya to‘lovlari oshgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, mamlakat tijorat banklari uchun belgilangan UZCARD to‘lov tizimi tariflari miqdori o‘zgarmagan, naqd pul yechib olish uchun komissiya miqdori 1 foizdan oshmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766512_130:0:2861:2048_1920x0_80_0_0_5045f590b8cebb4950772b3f5317f365.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, markaziy bank
MB bankomatdan naqd pul yechish uchun komissiya oshirilganiga munosabat bildirdi
O‘zbekistondagi banklardan biri o‘z bankomatlaridan birida 1 million so‘mdan ortiq naqd pul yechganlik uchun komissiya miqdorini 1 foizdan 3 foizgacha oshirgani aytilmoqda.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim bankomatlardan naqd pul yechishda yechilayotgan naqd pul miqdoridan kelib chiqib 3 foizgacha komissiya to‘lovlari olinayotganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Markaziy banki bunga
munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, bankomatlardan naqd pul yechish uchun komissiya to‘lovlari tijorat banklari tomonidan bankomatga xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan kelib chiqib mustaqil belgilanadi va bugungi kunda 1 foizdan oshmaydi.
“Ayrim tijorat banki tomonidan alohida bir bankomatda eksperiment tariqasida tabaqalashgan yuqori komissiya to‘lovi o‘rnatilgan bo‘lsa, erkin bozor sharoitida bu o‘zini oqlamaydi. Zero, boshqa bankomatlarda komissiya to‘lovi 1 foiz yoki undan past qilib belgilanganligi sababli iste’molchilar arzon xizmatidan foydalanishni afzal ko‘radi”, - deyilgan xabarda.
MB ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan ma’lumotlarni tarqatishda ularning haqiqiyligini va tizimdagi xizmatlar ko‘lamiga ta’sirini inobatga olishini so‘ragan.
UZCARD ham komissiya to‘lovlari oshgani haqidagi xabarga
munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, mamlakat tijorat banklari uchun belgilangan UZCARD to‘lov tizimi tariflari miqdori o‘zgarmagan, naqd pul yechib olish uchun komissiya miqdori 1 foizdan oshmaydi.