O‘zbekistonda 30 dan ortiq oila “Sevgi va sadoqat uchun” medali bilan taqdirlandi

© pixabay.com/lucasazevedoddPara-molodojeni-nevesta-jenix
Para-molodojeni-nevesta-jenix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2022
Obuna bo‘lish
Mukofotlash marosimi “Oila, sevgi va sadoqat kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazildi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. 30 dan ortiq turmush qurgan juftliklar “Sevgi va sadoqat uchun” medallari bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi 10-iyul kuni Toshkentdagi Svato-Uspenskiy soborida bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Rossotrudnichestvoning “Rus uyi” vakolatxonasi.

"Toshkentdagi Svato-Uspenskiy soborida sobori ma’muriy markazida “Oila, sevgi va sadoqat” kuni nishonlandi. 30 dan ortiq turmush qurgan juftliklar Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy qo‘lidan "Sevgi va sadoqat uchun” medallarini oldilar”, - deyilgan xabarda.

Tadbirda nafaqat turmush qurgan juftliklar, balki jurnalistlar, jamoatchilik vakillari, vatandoshlar tashkiloti rahbarlari, talablar, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.

"Kasbi, ma’lumoti, millati va dini bo‘yicha bir-biriga o‘xshamagan juftliklar, lekin ularni barchasini birlashtiradigan yagona narsa bor. Ular 30, 40 yoki undan ko‘proq yil birga yashab, farzandlarni tarbiyalashdi va hayotlaridagi asosiy narsa - oila va bir-biriga muhabbatni saqlab qolishdi" – deyilgan Rossiya uyining xabarida.

"Sevgi va sadoqat uchun" medali - ijtimoyi mukofot. U har yili Rossiyada Oila, sevgi va sadoqat kunida eng yaxshi oilalarga beriladi. 2014-yildan buyon mukofot xorijda ham topshiriladi. 2015yilda O‘zbekistonda ilk bor taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Rossiyada oila, sevgi va sadoqat kuni 8-iyulda nishonlanadi. Bu bayram rus pravoslav avliyolari Potr va Fevroniya xotirasiga bag‘ishlangan.
Yangiliklar lentasi
0